Get Mystery Box with random crypto!

AZİZİM Dilni ado qilding yor kuyub ketdi alamdan Shoir endi o' | Xasan shoir she'rlari

AZİZİM
Dilni ado qilding yor kuyub ketdi alamdan
Shoir endi o'ch olar gunohi yoq' qalamdan
Tashlab ketdi netaman to'ydim õsha sanamdan
Hali meni eslaysan yig'lab yig'lab azizim
========
Devorlarga dardimni to'kib to'kib yig'ladim
Darvozamdan chiqolmay yor yorlarni tingladim
Bu kecha men to'yingda kuyganimdan o'ynadim
Hali meni eslaysan yig'lab yig'lab azizim
=========
Mol dunyoga berildinig pulga sotding baxtimiz
Bu sevgining bog'ida quridimi qadrimiz
Endi bizga qiziqmas ikkimizning dardimiz
Hali meni eslaysan yig'lab yig'lab azizim
=========
Shoir hali to'y qilib bahtga kulib boqadi
Shoirning ko'ngli toza tikonlar ham yoqadi
Meni ko'rsa yoshlaring daryo bo'lib oqadi
Hali meni eslaysan yig'lab yig'lab azizim
=========
Dang'illama uyim yoq' lekin bordir boshpanam
Chakki o'tmas tomidan huzurlanadi tanam
Eng muhimi to'rida namoz o'qiydi onam
Hali meni eslaysan yig'lab yig'lab azizim
=========
Bersin senga hudoim etak tõla palapon
Ularning tashvishidan orom olsin tanda jon
Senga bahtlar tilayman qarg'amayman hech qachon
Hali meni eslaysan yig'lab yig'lab azizim