Get Mystery Box with random crypto!

OSHNAJON Daraht shohin egmagin oshna Balki qalbining gullarga | Xasan shoir she'rlari

OSHNAJON
Daraht shohin egmagin oshna
Balki qalbining gullarga tashna
Sahroda yur bahordek yashna
Eh qadirdon oshna oshnajon
========
Rõzg'or yükü bukdillar beling
Navvot yemay qo'ydimi tiling
Shoddon bo'lsin hamisha diling
Eh qadirdon jo'ra oshnajon
========
Bu dunyoning kami to'lmaydi
G'amsiz odam odam bo'lmaydi
Yuzim kulsa ko'nglim kulmaydi
Eh qadirdon do'stim oshnajon
========
Qor yog'dimi boshinga jo'ra
Qirqa kirmay oqardi soching
Qadding edi qoyalardek tik
Nega egib yuribsan boshing
========
O'ylamagin hayot tashvishin
Qotgan noni yesalar tishing
Shu kecha qol yõqmi ayt ishing
Eh qadirdon oshna oshnajon
========
Yoqdim o'choq ichiga olov
Qõy yog'iga dimladim palov
Vaqt otibdi shamoldek yelib
Boshimizni qoplabdi qirov
=======
Qarimaydi ko'ngil hech qachon
Lek qariydi odamning yuzi
Ko'p eslaysan meni oshnajon
Ko'p yoshlandi shoirning ko'zi
========
Yur ketaylik tõğlar bag'riga
Toza havo chiroyli hordiq
Biz o'zimiz uchun oshnajon
Dam olgani qayerga bordik
========
Esda o'sha bolalik yillar
Oltinga teng ortga qaytmaydi
Onang quchib tunlari oshna
Senga atab alla aytmaydi
=======
Aytsa hamki chiqmaydi mayin
Qurib qolgan onam yuzlari
Ko'zdan ketgan yoshlikdagi nur
Goh bug'ulib chiqar so'zlari
========
Hayot bizni sinadi ko'p bor
Yiqilqanda tutdek bukildim
Yashnab turgan edim oshnajon
Hazonlardek yerga to'kildim
=======
Daraht shohin egmagin oshna
Balki qalbining gullarga tashna
Sahroda yur bahordek yashna
Eh qadirdon oshna oshnajon