Get Mystery Box with random crypto!

TUNLAR Tunlar tunlar bu sokin tunlar Sen bo'lgaysan shoirga na | Xasan shoir she'rlari

TUNLAR
Tunlar tunlar bu sokin tunlar
Sen bo'lgaysan shoirga najot
Charaqlagan moviy yulduzing
To'lin oydan olmoqda ijod
=========
Quchogi keng musoffo osmon
Mening bağrım undanda kengroq
Oyga alla aytib beraman
Nur taratib yoqsalar chiroq
=========
Tunlar tunlar bu zulmat tunlar
Berkitadi nurli yo'llarni
Qanday ijod qiliman ayting
Kishanbadga solsa qo'llarni
=========
Farishtalar ko'kda kezarmish
Duvo qilib qanotga ildim
Meni hech kim qilmadi hafa
Men qalbimni ayovsiz tildim
========
Tunlar tunlar bu nursiz tunlar
Yetaklaydi tubsiz ummonga
Ko'zim ko'rmas qalbim eshitar
Hush kelding der meni o'rmonga
========
Tortyonim ham bir hil manzara
Goh qurigan jiyda shohlari
Bu o'rmonda chiqmaydi ko'ka
Men shoirning qilgan ohlari
========
Tunlar tunlar bu dardli tunlar
Nega ochding nafrat eshigin
Tinglaganding daryo yonida
Oshiqlarning ajib qoshig'in
========
Yetolmayin visoldan kuydi
Bülbül bog'da gullarni suydi
Jonim olsang mayli roziman
Yashamaqdan bu yurak tõydi
========
Tunlar tunlar armonli tunlar
Orzularga eltmading hayot
Qo'lda qalam to'rta söz bilan
Qilganim yoq' ko'klarga faryod
========
Nolimayman bu mening bahtim
Gohi achchiq zardob yutaman
Tun qõynida shirin õy surib
Omadimni ming yil kutaman
========
Kelganida qanotin yoyib
Ko'ka meni giryon aylasa
Zuhro yulduz yanimga kelib
Dardlarimni yig'lab kuylasa
=======
Tunlar tunlar bu ajib tunlar
Ko'zni yumib hayolga botdim
Oy yuzida dog'larni ko'rib
Oyga qarab sirlashib yotdim
=======
Yarmi yorug' yarmi qarong'u
Bu olamning nurofshon tuni
Bir maromda otmaqda do'stlar
Hayotimning har lağza kuni
========
Tunlar tunlar bu sokin tunlar
Sen bo'lgaysan shoirga najot
Charaqlagan moviy yulduzing
To'lin oydan olmoqda ijod