Get Mystery Box with random crypto!

Biz ketamiz yur ketaylik yor Armoni yoq' osmonlariga. Hatto tõ | Xasan shoir she'rlari

Biz ketamiz yur ketaylik yor
Armoni yoq' osmonlariga.
Hatto tõğlar chida olmaydi
Bu dunyoning armonlariga

Sabr qildik kõndik shartiga
Bahtga bir kun yetarmiz deya
Daryolardan birga õtarmiz.
Kõprik bõlar bizlarga qoya.

Ko'z yoshlaring tõldimi ey yor
Yomg'ir bilan yuvsin yuzlaring.
Buncha mayus tortmoqda diydor
Kõzmunchoqdek qaro kõzlaring

Yer yuzida farishtalar ko'p
Bizni eltar yangi hayotga
Jannatlarda birga bo'lib biz
Bu hayotni olamiz yodga

Tushunmaydi qalb degan balo
Kõnglim chertar nido torini
Kim sevmaydi qadirdon dõstlar
Bir umrlik go'zal yorini

Solgin quloq yurak amriga
Aldamaydi bu mitti yurak
Kõzlaringda bir sirni kõrdim
Sen ham baxtli bõlishing kerak

Biz ketamiz yur ketaylik yor
Keng bõlarmi bizlarsiz dunyo
Bir tinadi loyqa suvlar ham
Bir maromda oqarmi daryo