Get Mystery Box with random crypto!

Gül bo'lmasa sayramas bog'larda bulbul Qahrotan qishlarda ochi | Xasan shoir she'rlari

Gül bo'lmasa sayramas bog'larda bulbul
Qahrotan qishlarda ochilganmi gül
Bolayin men mayli shu bulbulga qul
Navo qil bog'larda subhidam ey dil
=========
Qo'nmaydi kapalak shirasiz gulga
Bu chaman gulzorlar yoqar har dilga
Bülbül navo qilib kirganda tilga
Bog'larda quzg'unlar ko'kni ko'zlaydi
=========
Oshiqlar topishgan tabiot qõynida
Bu ulug' muqaddas rishta tumori
Baht topib ko'kardı ko'ngil ko'chasi
Bahorni sog'ingan yorning humori
=========
Ko'kdagi yulduzlar tunda porlaydi
Shabboda bog'larda mayın taralar
Gullarga berkingan bahor g'unchasi
Dillarda bõlmaydi armon yaralar
=========
Sayragin ey bülbül kuylaring tarat
Hazondek sarg'aygan bog'larda qolma
Bu bog'ga kelsin qora quzg'unlar
Shohlarda tirishgan olmanı olma
=========
Seningsiz bõlmaydi dunyoning ko'rki
Seningsiz kelmaydi bu yurtga bahor
Shoirlar bitolmas quzg'unlarga she'r
Kel quzg'un qilmasin bog'larimni hor