Get Mystery Box with random crypto!

Opa (Tunda bitilgan sher) Bugun tun qõynida shirin õy surib | Xasan shoir she'rlari

Opa
(Tunda bitilgan sher)
Bugun tun qõynida shirin õy surib
Esladim yoshlikning go'zal gashtini
Jon opam ilinding menga issiq non
Sõg'indim shu noning issiq taftini

Tandirga qalayin bir quchoq õtin
Jon opam men uchun yasa bir kulcha
Rõzg'orning g'orini tõldirish qiyin
Men yedim yoshlikda kulchangdan qancha

Etak tõla bolang mitti polapon
Biri kulsa biri yiğaydi yana
İrodang metingdek bardoshli bo'lsin
El seni deydi eng yaxshi ona

Qabargan qõllaring oqargan soching
Yuzingda ajinlar tirish bõlibdi
Onamning erkasi nuridiydamsiz
Siz ekkan õsha tol nihol bõlibdi

Jon opam ota uy chorlardi seni
Õsha keng hovlida katta arg'imchoq
Yodinga solaymi õsha lağzani
Menga sen taqarding qora kõzmunchoq

Kel bugun yozaylik katta dasturxon
Tõkaylik dildagi shirin sõzlarni
Ollohim yaratgan tirnoq bilan et
Dovul ham yopolmas bizni izlarni

Qõyay men kõksinga mudragan boshim
Sochimning tolasi bağring tilmasin
Biz birga bõlaylik to umr boqi
Gullagan bõğimiz erta sõlmasin

Jon opam sõğinchni sizdan õrğandim
Jiğarlar mehridan munavvar olam
Sizga hush kelmoği uchun opajon
İlk bora oldim qõlimga qalam

Bu tunga ming bora aytaman shukur
Yodimga soldilar õsha onlarni
Jon opam tong sahar yopilsa kulcha
Eslayman sen yopgan õsha nonlarni

Qiyomatda qolmasin mehrli diydor
Sen borsang olamda porlayveraman
Ajramaydi et tirnoqdan aslo
Sen uchun ko'p bora kuylayveraman