Get Mystery Box with random crypto!

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Telegram kanalining logotibi xalqtaliminfo — Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov X
Telegram kanalining logotibi xalqtaliminfo — Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
Kanal manzili: @xalqtaliminfo
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 68.70K
Kanalning ta’rifi

Ambassador of @profiuniversity
xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo
Murojaat uchun: @savollar_murojaat_bot

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2024-04-07 09:16:16
Attestatsiya nimaga kerak?

"Tanaffus" podkastning ikkinchi sonida pedagoglar uchun qiziq bo'lgan mavzu — attestatsiya test jarayonlari haqida suhbatlashildi.

Ushbu sonimizda Ta’limni rivojlantirish respublika markazi mas'ul xodimi Rashidjon Tojiboyev hamda Olmazor tumanidagi 29-IDUM o'qituvchisi G'ofurjon Dehqonovlar mehmon bo'lishdi.

Suhbatda quyidagi mavzular muhokama qilindi:

Attestatsiyada tushayotgan test savolliklari;

Oliy toifa uchun testlarning qiyin tuzilgani;

15 yillik stajga ega bo‘lgan oliy toifali o‘qituvchilar taqdiri;

Test sinovi kuni o‘qituvchilarning stressga tushish sabablari.

Marhamat, “Tanaffus” podkastni ko‘ring va izohlarda o'z fikrlaringizni yozib qoldiring. Bu biz uchun muhim!

To'liq video:



Telegram I Facebook I YouTube
20.0K viewsedited  06:16
Ochish/sharhlash
2024-04-07 06:29:55
Туман мактабгача ва мактаб таълими бўлими мактабда текшириш ўтказди ва энди шу текшириш натижаси бўйича мактаб директорига интизомий жазо қўллашмоқчи.

Бу қанчалик тўғри?

@yuristkadr
16.7K views03:29
Ochish/sharhlash
2024-04-06 11:34:47
Attestatsiya test sinovlari qaysi kunlari o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Malaka test sinovlari o‘tkaziladigan kunlar belgilandi. Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi e'lon berdi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan kunlar bilan tanishing.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/589

Telegram I Facebook I YouTube
36.2K views08:34
Ochish/sharhlash
2024-04-06 10:36:19
Vazirlik Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirovaning ish faoliyati ijobiy baholandi

Respublika darajasidagi 131 nafar matbuot kotibidan 29 nafarining ish natijalari yuqori baholangan, vazirliklar orasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova reytingda 88,5 ball bilan 2-o‘rinni egallagan.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/590

Telegram I Facebook I YouTube
21.5K views07:36
Ochish/sharhlash
2024-04-05 10:37:04
Attestatsiyada o'qituvchi bilimini nima uchun faqat test orqali baholaymiz?

Ma'lumki, attestatsiyaning 2-bosqichida o'qituvchining pedagogik mahorati ham test orqali baholash reja qilingan. O'qituvchining pedagogik mahoratini test emas balki, boshqa usullar orqali aniqlash vazirlikning rejasida bormi?

Ushbu savolimizga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ullari javob berishdi. Batafsil videoda.

Telegram I Facebook I YouTube
18.4K viewsedited  07:37
Ochish/sharhlash
2024-04-05 08:12:23
Maktablar uchun eng zaruriy ehtiyojlar ro‘yxati tuzib chiqilganmi?

“OpenBudget” jarayoni juda ko‘p muammolarni ochib berdi aslida. Kuzatgan bo'lsangiz, bir maktab shunchaki interaktiv doska yoki konditsioner uchun ovoz yig‘di, boshqa bir maktabda esa hatto hojatxona yo‘q, yoki maktab binosi avariya holatida.

Tasavvur qiling, eng og‘ir sharoitli maktab ovoz yig‘olmasa, lekin interaktiv doska yoki konditsioner uchun kurashgan maktab g‘olib bo‘lsa, byudjetdan ajratilgan pullar to‘g‘ri sarf qilingan bo‘ladimi?

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/588

Telegram I Facebook I YouTube
17.9K viewsedited  05:12
Ochish/sharhlash
2024-04-04 13:49:56
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga yanada katta imkoniyatlar taqdim qilinmoqda

Prezident maktablarining mahalliy o‘qituvchilariga 350 foizlik ustamalar berilishi, ijod maktablarida “Matnshunoslik” darslari tashkil etilishi, shuningdek “Tasviriy san’at va chizmachilik” fani negizida “San’at” (ART) fani kiritilishi nazarda tutilmoqda.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/587

Telegram I Facebook I YouTube
21.7K views10:49
Ochish/sharhlash
2024-04-04 11:13:24
Maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limi boshlig'i lavozimi uchun 55 ming AQSH dollari so'raldi

Qashqadaryo viloyati tumanlaridan biridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori o'zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, Qarshi tumanidagi maktab direktori o'rinbosarini Yakkabog' tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlanishida yordam berish evaziga 55 ming AQSH dollari talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori oldindan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube
24.5K views08:13
Ochish/sharhlash
2024-04-04 10:02:19
Kontrak narxlari tushdi, ta'lim sifati esa oshdi!

Kutib oling: Profi Universitydan chegirmalar yomg'iri!

2024-2025-o'quv yilidan boshlab Profi Universityda tahsil olish uchun shartnoma to'lovlarini to'lash tartibi o'zgarmoqda:

30% chegirma - 100% lik to'lov uchun;
10% chegirma - ikkiga bo'lib to'lash uchun.

Yangi o'quv yilidan boshlab talabalar shartnoma to'lovlarini yil davomida 4 ga bo'lib to'lashlari mumkin.

Eng katta yangiliklardan biri yangi o'quv yilidan boshlab mavjud kontrakt narxlari 30%ga arzonlashtiriladi.

Eslatib o'tamiz: chegirmalar navbatdagi yangi o'quv yilidan boshlab amal qiladi.

Ha, sezib turganingdek, kontrakt narxlari tushdi, ammo sifat o'sha-o'sha, hatto oldingidan yaxshiroq bo'lishiga ham kafolat beramiz!

Hoziroq biz bilan bog‘laning:

78-777-11-11

Profi University qabul bo’limi: @profiqabul

Ro‘yxatdan o‘tish uchun

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram|Facebook|Instagram | Youtube
20.4K views07:02
Ochish/sharhlash
2024-04-04 07:51:50
Attestatsiya test sinovlari vaqtida pedagoglar ko‘chada navbat kutishmaydimi?

Ma’lumki, juda ko‘p hollarda attestatsiya test sinovlari vaqtida pedagoglar ko‘chada navbat kutib turishganiga guvoh bo‘lamiz.

Bu yilgi attestatsiya jarayonlarida pedagoglar uchun "Kutish zallari" tashkil etilganmi degan savol bilan vazir o‘rinbosari Sardor Radjabovga yuzlandik va savolimizga batafsil javob oldik.

Telegram I Facebook I YouTube
27.8K views04:51
Ochish/sharhlash