Get Mystery Box with random crypto!

Maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limi boshlig'i lavozimi uchun | Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limi boshlig'i lavozimi uchun 55 ming AQSH dollari so'raldi

Qashqadaryo viloyati tumanlaridan biridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori o'zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, Qarshi tumanidagi maktab direktori o'rinbosarini Yakkabog' tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlanishida yordam berish evaziga 55 ming AQSH dollari talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori oldindan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube