Get Mystery Box with random crypto!

Moliyaviy xavfsizligingiz eng birinchi o‘zingizga bog‘liq.   | Xalq Banki | Rasmiy kanal

Moliyaviy xavfsizligingiz eng birinchi o‘zingizga bog‘liq.

 So‘nggi vaqtlarda virtual firibgarlar ijtimoiy tarmoqlar orqali moliyaviy savodxonligi yetarli bo‘lmagan fuqarolarning ishonchiga kirib ularning bank kartasidagi mablag‘larni “ov”lash holatlari tez-tez kuzatilyapti. 

Unutmang, bank xodimi bank kartangiz bilan bog‘liq ma’lumotlarni so‘ramaydi. 

Agar begonalar sizga bank nomidan xabar yuborsa, ma’lumotlarni bankning rasmiy manbalaridan tekshirib aniqlik kiriting. Firibgarlar aldoviga ishonib peshona teri bilan topgan pulingizni o‘z qo‘lingiz bilan berib yubormang! 

Firibgarlik holatiga duch kelgan bo‘lsangiz:
muammo haqida Xalq bankining 1106 yoki (71) 210 20 02 ishonch raqamlariga murojaat qiling; 
zudlik bilan bank kartangizni bloklang;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bering.
  
Bank kartasidan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari bilan shu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Yodda tuting, sizning moliyaviy xavfsizligingiz eng birinchi o‘zingizga bog‘liq.