Get Mystery Box with random crypto!

Xalq banki do'stlar davrasida 148 yoshini nishonladi! 10-ma | Xalq Banki | Rasmiy kanal

Xalq banki do'stlar davrasida 148 yoshini nishonladi!

10-may kuni Xalq banki tashkil etilganligining 148 yillik tadbiri hurmatli mehmonlar, jurnalistlar va jamaotchilik vakillari, bank xodimlari davrasida keng nishonlandi. 

Tadbirda bank rahbariyati barchani ushbu sana bilan tabriklab, moliya muassasasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir qatnashchilari hamda tashrif buyurgan mehmonlar o‘zlarining dil so‘zlarini maxsus tayyorlangan tabriklar va tilaklar doskasiga muhrladilar.

Bizga bildirgan ishonchingiz va tanlovingiz uchun rahmat!

Qariyb bir yarim asrdan beri xalq xizmatida bo'lgan Xalq banki.