Get Mystery Box with random crypto!

Xalq banki faoliyatiga 148 yil to‘ldi! 1875-yil 10-may — aksi | Xalq Banki | Rasmiy kanal

Xalq banki faoliyatiga 148 yil to‘ldi!

1875-yil 10-may
— aksiyadorlik tijorat Xalq banki faoliyatiga tamal toshi qo‘yilgan kun. Bugun bankimiz tashkil topganiga 148 yil to‘ldi.

Bizga bildirgan ishonchingiz va tanlovingiz uchun rahmat! 

Sana munosabati bilan tarixiy hujjatlarda Xalq banki faoliyatiga doir muhim sanalar solnomasi bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.

1869-yil — Davlat banki(Gosbank)ning Toshkentdagi filialini ochish bo‘yicha Moliya vazirligining maxsus komissiyasiga taklif kiritildi.

1874-yil 12-dekabr — Turkistonning birinchi general-gubernatori Toshkentdagi filialni ochish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

1875-yil 8-may — Davlat bankining Toshkentdagi filial rahbari filialning rasman ochilish kuni va aholiga ko‘rsatiladigan 8 turdagi bank xizmatlarini ma’lum qilib, Sirdaryo okrugi general-gubernatoriga maktub jo‘natdi.

1875-yil 9-may — Sirdaryo okrugi general-gubernatorligi Davlat bankining filialini tashkil etish uchun bank boshqaruvchisiga Toshkentdan joy ajratilganligini ma’lum qildi.

1875-yil 10-may — Davlat bankining Toshkent filiali (birlamchi jamg‘arma kassalari) rasman ochildi hamda o‘z faoliyatini boshladi.

1993-yil 27-avgust
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 430-sonli qarori bilan “O‘zjamg‘armabank”ning Ustavi tasdiqlanib, uning asosiy vazifa va funksiyalari belgilab berildi.

1995-yil 4-oktabr — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zjamg‘armabank”ni O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga aylantirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

2015-yil 24-aprel — O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining PF-4720-sonli Farmoniga muvofiq, Davlat-tijorat Xalq banki nomi “Aksiyadorlik tijorat Xalq banki”ga o‘zgartirildi.

Xalq banki — O‘zbekistonning birinchi banki.