Get Mystery Box with random crypto!

qilingan qarorni e’tirof yoki inkor etuvchi qo‘shimcha belgila | Xalk. Dardi 2023 🇺🇿

qilingan qarorni e’tirof yoki inkor etuvchi qo‘shimcha belgilarni izlash bilan birga, ma’lum darajaga kiritish jarayoni sodir bo‘ladi. Va, nihoyat, to‘rtinchi bosqichda ob’ekt bilan bir sinfga tegishli ob’ektlarga xos bo‘lgan, lekin hali idrok etilmagan xossalari bilan birgalikda, ob’ekt haqida yakuniy xulosa shakllanadi. SHunday qilib, idrok – bu ahamiyatga molik darajadagi intellektual jarayon.

Idrok qilishni tashkil qilish. Sezgi ma’lumotlarini ahamiyatli idrokka aylantirish uchun biz uni tashkil qilishimiz kerak: narsalarni ularning atrof-muhitidan ajratib olishimiz, ularning ahamiyatli va doimiy shaklini farqlashimiz, shuningdek ular harakatlanishi yoki harakatlanmasligini va ular bizdan qanday masofada turganligini aniqlashimiz kerak. Miyaning idrok qilish va uning qoidalari shakllanishidagi roli ayrim illyuziyalar bilan izohlanadi. XX asr boshida bir guruh nemis psixologlari bizning aql-idrokimiz qanday tarzda his-tuyg‘ularimiz, sezgilarimizni tashkil qilishi va ularni idrokka aylantirishiga qiziqib qoldilar. Sezgi signallarini qabul qiluvchi odam ularni “geshtalt” (nemischa – “shakl” yoki “yaxlit” ma’nosini anglatadi)ga aylantiradi. Geshtaltpsixologiya odam bunday qobiliyatining ko‘p sonli misollarini tavsiflab berdi. Rasmga e’tibor bering, shaklning alohida qismlari – bu bor-yo‘g‘i uchta oq chiziqdan iborat. Biroq biz ularning barchasini birgalikda idrok qilganimizda, yaxlit shakl – “Neker kubi”ni ko‘ramiz.

Geshtaltpsixologiya tarafdorlari idrok qilishda yaxlit narsa uni tashkil qiluvchi miqdordan farqlanishi mumkin, deb hisoblaydilar. Natriy – korroziya metallini xlor – zaharli gaz bilan biriktiring, Siz umuman boshqa modda – osh tuzi hosil qilasiz. SHakl ham xuddi shunday tarzda idrok qilinadi – ob’ekt tarkibiy qismlari miqdori emas, balki nimadir yangi shakl (Koek & Ra1teg, 1990). Idrok qilish har doim sezishdan biror jihatdan ko‘proq bo‘ladi.

Shaklni idrok qilish. Tasavvur qiling, Siz videokompyuter tizimini o‘z “ko‘z+miya” tizimingiz kabi qo‘lyozmani o‘qish yoki odamlar yuzini tanish darajasida loyihalashtirishingiz kerak. (Pochta xodimlari bunday skaner yaratilishiga umid qiladilar). Bunday tizimga qanday xususiyatlar zarur bo‘lishi mumkin?