Get Mystery Box with random crypto!

bilan aloqasini ta’minlaydigan harakatlar asosida shakllanadi. | Xalk. Dardi 2023 🇺🇿

bilan aloqasini ta’minlaydigan harakatlar asosida shakllanadi.

Idrok predmetliligini ta’minlashda harakatlarning o‘rni haqida gap ketganida, idrokning motorli tarkibiy qismi haqida so‘z yuritishimiz lozim, motorli tarkibiy qismga jismni paypaslayotgan qo‘l harakati; ko‘rinib turgan shaklni kuzatib chiqayotgan ko‘z harakatlari; tovush chiqarayotgan hiqildoq harakatlari va h.k.lar kiradi.

Ko‘zlar va qo‘llar harakatida umumiylik mavjudligini ta’kidlash lozim. Ko‘zlar, qo‘llar kabi surat va jism shakllarini «paypaslagandek» ketma-ket kuzatib chiqadi. Ko‘zlar harakati turli-tuman bo‘lib, ko‘pchilik vazifalarni bajaradi. Ko‘rish idrokida ko‘zlarning mikro- va makroharakatlari alohida o‘rin tutadi. Agar odam harakatsiz jismning qandaydir nuqtasiga tikilib tursa, u holda unda sub’ektiv ravishda bu nuqtani harakatsiz nigohi bilan qayd etayotganidek tasavvur paydo bo‘ladi. Haqiqatda esa ko‘rish idroki inson uchun ixtiyorsiz va sezilarsiz mikroharakatlar bilan birgalikda kechadi. SHunday qilib, jismni idrok qilish imkoniyati idrok jarayonida motorli tarkibiy qismning ishtiroki bilan belgilangan.

Idrokning boshqa xossasi uning yaxlitligidir. Jismning alohida xossalarini aks ettiruvchi sezgilardan farqli ravishda, idrok jismning yaxlit obrazini yaratadi. Sezgining tarkibiy qismlari o‘zaro shu darajada mahkam bog‘langanki, jismning yagona murakkab obrazi odamga ob’ektning alohida xossalari yoki alohida qismlari bevosita ta’sir ko‘rsatganida ham hosil bo‘ladi. Idrokning yaxlitligi, hatto, idrok etilayotgan ob’ektning alohida xossalari chala aks ettirilganida ham qabul qilingan axborot xayolan aniq jismning yaxlit obrazi holatiga etkazilishi bilan ifodalanadi.