Get Mystery Box with random crypto!

bo‘lgan hodisalar qatorida o‘zining o‘rniga ega, ya’ni, vaqt | Xalk. Dardi 2023 🇺🇿

bo‘lgan hodisalar qatorida o‘zining o‘rniga ega, ya’ni, vaqt hisobini olib borish nuqtalari mavjud. Aniq bir odam uchun bunday nuqta bo‘lib, uning dunyoga kelish sanasi, insoniyat uchun –umumiy qabul qilingan ma’lum nuqta, masalan, Muhammad Payg‘ambarning tug‘ilish sanasi hisoblanadi.

SHunday qilib, vaqt idrokida ikki, sub’ektiv va ob’ektiv-shartli nuqtai nazarni ajratish mumkin. Sub’ektiv nuqtai nazar bizning sodir bo‘layotgan voqealarni shaxsan baholashimiz, ob’ektiv-shartli esa – hodisalarning ob’ektiv oqimi va shartli boshlang‘ich nuqtalar ketma-ketligi yoki vaqt oralig‘i bilan bog‘liqdir. Agar birinchi nuqtai nazar bizning vaqtni his etishimizni aks ettirsa, ikkinchisi, vaqt yo‘nalishida harakatlanishimizga ko‘mak beradi.

7.3. Idrokda predmet va fon, yaxlit va xususiy o‘zaro munosabatlar

Atrof-olam jismlari birday idrok etilmaydi. Bir xillari yaqqol, «oldingi qatorga» surilgan holatda, boshqalari «orqaga o‘tib ketgan» holda, tushunarsiz holatda namoyon bo‘ladi. Bunga muvofiq ravishda idrok jismi, yoki ob’ekti, va bizga, bir vaqtning o‘zida o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi, lekin orqa planga o‘tib ketgan boshqa jismlardan iborat bo‘lgan fon ajratiladi. Masalan, kitob javonidan biror kitobni oladigan bo‘lsak, biz boshqa ko‘pgina kitoblarni idrok etamiz, lekin idrok predmeti, ob’ekti bo‘lib, bizga ayni damda zarur va biz izlayotgan kitob hisoblanadi.

Dastlab figura (jism) va fon o‘rtasidagi farq tasviriy san’atda yuzaga kelgan. Psixologiyada ushbu muammo mustaqil muammo sifatida daniyalik psixolog E. Rubin tomonidan ko‘rib chiqilgan edi. Yakka holatdagi, oldinga chiqqan, e’tiborni o‘ziga qaratuvchi hodisaviy maydon qismiga figura, uni o‘rab turuvchilarning barchasi esa fon deb aytiladi.