Get Mystery Box with random crypto!

anglay olmaydi, unga yaxshi tanish jismlarni ham taniyolmay qo | Xalk. Dardi 2023 🇺🇿

anglay olmaydi, unga yaxshi tanish jismlarni ham taniyolmay qoladi. SHunga o‘xshash manzara boshqa modalliklarning integrativ sohalari faoliyatining izdan chiqishida ham kuzatiladi. Masalan, eshitish integrativ sohalarining buzilishida odamlar inson nutqini tushunolmay qoladalar.

Idrokning fiziologik asosi, uning harakat faoliyati, emotsional kechinmalar, turli tafakkur jarayonlari bilan uzviy bog‘langanligi sababidan yanada murakkablashadi. Bundan kelib chiqadiki, his–tuyg‘u organlarida boshlangan tashqi seskantiruvchilar ta’sirida paydo bo‘lgan nerv qo‘zg‘alishlari asab markazlariga o‘tadi, bunda ular po‘stloq sohalarini qamrab oladi, boshqa nerv qo‘zg‘alishlari bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. O‘zaro ta’sirga kirishgan va po‘stloqning turli sohalarini qamrab olgan bunday qo‘zg‘alishlar to‘ri idrokning fiziologik asosini tashkil etadi.

Idrokning reflektorlik asosini I.P. Pavlov ochib berdi. Uning ko‘rsatishicha, idrokning assida shartli reflekslar, ya’ni, bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida atrof-olam hodisalari yoki jismlarining retseptorlarga ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan vaqtinchalik nerv aloqalari yotadi. Bunda nerv aloqalari hosil qilgan qo‘zg‘alishlarni qayta ishlashda analizatorlarning po‘stloq bo‘limlari yadrolarida tahlil qilish va sintezning murakkab jarayonlari sodir bo‘lganligi sababli, nerv aloqalari seskantiruvchilar to‘plami sifatida namoyon bo‘ladi. Tahlil qilish va sintez jarayonlari idrok ob’ektining atrof-muhitdan ajratib olinishini ta’minlaydilar, va shu asosda uning barcha xossalari yaxlit obrazga birlashadi.