Get Mystery Box with random crypto!

Vaqtim borligida haydovchilik guvohnomasini olishga qaror qild | World Students

Vaqtim borligida haydovchilik guvohnomasini olishga qaror qildim. O'zimizning tumanimizda joylashgan avtomaktabga hujjat topshirdim. Hozir o'qiyapman, lekin nimadir o'rganishga ko'zim yetmayapti. Sababi bu maktabda ayrim o'ziga xos narsalar va g'alati paradokslarga duch keldim, ozginasini ilinaman:

Birinchidan, guruhda umumiy 22 nafar bola ro'yxatga olingan, lekin xar safar darsda ko'pi bilan 5 yoki 6 kishi qatnashyapmiz. Birinchi marta darsga qatnashgan o'quvchini ikkinchi darsga kelishini kamdan kam kuzatyapman

Ikkinchidan, bizga tayinlangan o'qituvchining aytishicha ikki yarim oy mobaynida 9 ta fan o'qirkanmiz, lekin ularni orasda o'qishimiz shart bo'lmaganlari ham bor ekan. Masalan "Haydovchilik madaniyati va etikasi" va "Haydovchining psixifiziologik tayyorgarligi" (shaxsan menda psixologik tayyorgarlikni yetishmasligi tufayli xar safar qandaydir noxushlikka duch kelaman)

Uchunchidan va eng kulgilisi esa, darsga qatnashayotganlarning birortasida haydovchilik guvohnomasi yo'q, lekin ularning deyarli 90 foizi darsga shaxsiy avtomashinasida keladi

P.S. 2019 yilda, YHXBB statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 8588 yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan, ular natijasida 1915 kishi vafot etgan va 6673 kishi jarohatlangan.

Ana endi tushunyapman hammasini..