Get Mystery Box with random crypto!

Esimda kunlarning birida men oʻzimning ilk hikoyamni yozdim. A | World Students

Esimda kunlarning birida men oʻzimning ilk hikoyamni yozdim. Atigi yarim soatda. U bir kambagʻal odam haqida edi. U faqir yashasada, juda quvnoq odam edi. Kamdan-kam koʻz yosh toʻkadi. Kunlarning birida uning qoʻliga sehrli qadah tushib qoladi. Agar uning ichiga koʻz yoshi tomsa qimmatbaho dur-javohirlarga aylanardi. Qadahning xususiyatini anglagan haligi odam endi faqat yigʻlashga asos qidira boshlaydi. Hikoya shunday manzara bilan tugaydi. Hali odam koʻz yosh toʻkib oʻtiribdi. Qadahdan esa dur-gavharlar toshib chiqmoqda. Qoʻlida esa qonli pichoq, oyogʻi ostida esa, xotinining chavaqlangan murdasi...

Holid Husayniy (Shamol ortidan yugurib) asaridan