Get Mystery Box with random crypto!

Web Dasturlash kanali

Telegram kanalining logotibi webdev07 — Web Dasturlash kanali W
Telegram kanalining logotibi webdev07 — Web Dasturlash kanali
Kanal manzili: @webdev07
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.78K
Kanalning ta’rifi

🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!
⁉️IT blog: @javohir_webdev
😎 Reklama: http://t.me/techno_ads/17

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2023-02-24 19:26:57
Dasturlashni oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun eng yaxshi maslahatlar.

1. Vaqt kelishini kutmang — Bunday zamonaviy kasblarni oʻrganish uchun hozirgi zamonda aniq bir vaqtni kutish kerak emas. Harakatni hozirdan boshlang.

2. Qoʻlda kod yozing — Har doim ham kompyuter orqali kod yozmang. Qoʻlda ham kod yozib turing. Buning oʻziga yarasha foydali tomonlari bor.

3. Onlayn resurslardan foydalaning — Koʻplab yangi dasturchilar internet resurslaridan foydalanmaydilar yoki bilmaydilar... Dasturlashni yana ham chuqurroq oʻrganish uchun doimo onlayn resusrslardan foydalaning.

@webdev07
2.9K views16:26
Ochish/sharhlash
2023-02-23 08:30:42
Ayol dasturchilar haqida qanday ma’lumotlarga egasiz?

— Ayol dasturchilar haqida maqolalar:

1. Dunyodagi eng kuchli ayol dasturchilar haqida qiziqarli maqola.

2. Birinchi dasturchi ayol kim? U haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?

3. Ayol dasturchilar ichida oʻtkazilgan tadqiqot haqida muhim maqola.

Ayol dasturchilar haqida YouTubedan qiziqarli intervyu videolar:

1. «IT ni qizlar ham bemalol oʻrgansa boʻladi» — Durdona Bahronova intervyusi.

2. Tarixdagi birinchi ayol dasturchi — Ada Lavleys haqida qiziqarli video.

3. IT hayotini oʻzgartirib yuborgan — Osiyo Odilova intervyusi.

@webdev07
1.7K views05:30
Ochish/sharhlash
2023-02-20 13:24:04
Dasturlashni platformalar orqali oʻrganing va tajribani oshiring.

1. Human Resource Machine – Turli boshqotirmali oʻyinlar, masalalarga yechim qidirish orqali dasturlashni oʻrganing.

2. Code Monkey – Java, Python, C++ dasturlash tillarini oʻrganish mumkin boʻlgan eng ommaviy platforma.

3. Light Bot 2.0 – Ushbu dasturiy oʻyin dasturchi va geymer Erik Dauhel tomonidan yaratilgan boʻlib, turli xil koʻrsatma va buyruqlar orqali dasturlashdagi turli bilimlarga ega boʻlasiz.

— Biz tavsiya qilgan yuqoridagi platformalar asosan oʻyinga asoslangan boʻlib, oʻyin oʻynash orqali dasturlashdagi qisqa va sodda bilimlarga ega boʻlishingiz mumkin.

@webdev07
3.4K views10:24
Ochish/sharhlash
2023-02-18 17:52:19
Shoshiling, online kursga ro'yxatdan o'tish uchun bir kuni qoldi!
Web-dasturlashni 0 dan O‘RGANING!

Kursni muvaffaqiyatli tugatganlarga amaliyot va ish topishda yordam beriladi. (WebDev jamoasiga qo'shilish imkoniyati mavjud)

Bu kursimizda siz professional WEB dasturchi bo'lib yetishasiz. Asosiy talab - vazifalarini o'z vaqtida bajarsangiz bo'lgani.

Kurs oxirida pulingiz qaytarib beriladi. (Darslarimizdan qoniqmasangiz yoki ishga kira olmasangiz)

O'qituvchi : Berdiyev Javohir
5 yillik tajribaga ega
30+ loyihalar bilan ishlagan, Hozirda Natija LLC da mutahasis dasturchi bo'lib ishlaydi
Kurs haqida to'liqroq - linkni bosing

Kursda quyidagi texnologiyalar o‘rgatiladi:
HTML5
CSS3, Sass
BootStrap, jQuery
JavaScript (ES6)
ReactJS (web application yasash uchun)
Redux, Git, use React in Typescript

Format: Onlayn
Davomiyligi: 7 oy (haftasiga 3 marotaba)
Narxi: Oyiga 600 000 so‘m (boshlang'ich 5 kishiga 20% chegirama bilan 490 000);
Qabul tugash muddati: Ertaga

Murojaat uchun: @frontend_admin
1.8K views14:52
Ochish/sharhlash
2023-02-17 17:51:36 @javohircoder
3.4K views14:51
Ochish/sharhlash
2023-02-16 18:55:48
Frilanser uchun kerak boʻladi.

1. Shaxsiy blog — Blog yuritish nafaqat frilanser, balki boshqa kasb egalari uchun ham juda foydalidir. Blogda siz kasbiy hayotingiz, shaxsiy fikr va mulohazalar hamda shu kabi mavzularda video, foto, maqola joylab borishingiz mumkin boʻladi.

2. Ommaviy portfolio — Odatda koʻp frilanserlarning portfoliosi telegram, instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda boʻladi. Agar imkoniyat boʻlsa, portfolio internet sayt yoki shunga oʻxshash platformada mavjud boʻlsa samarali boʻladi.

3. Elektron pochta — Koʻplab frilanser doʻstlarimizda elektron pochtalar mavjud, ammo ular kamdan-kam hollarda undan foydalanadilar. Elektron pochta xalqaro buyurtmalarni olish, ish topish kabilarda juda yaxshi natija beradi.

P. S: Sizda ham shu kabi fikrlar boʻlsa, marhamat izohlarida qoldiring, kutamiz.

@webdev07
4.1K views15:55
Ochish/sharhlash
2023-02-15 13:21:44 Eski zoom darslaridan birini youtube yuklab qo'ydim xohlovchilar ko'rsa bo'ldi, FrontEnd, Web dasturlashga kirayotganlarga foydali bo'ldi inshaAlloh




3.2K views10:21
Ochish/sharhlash
2023-02-15 10:07:07
Dasturchilar uchun foydali, qiziqarli va kerakli internet manzillar roʻyxati.

1. Stack Overflow — Dasturchilar uchun savol-javoblar platformasi.

2. GitHub — Dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish uchun veb-hosting xizmati.

3. Reddit open source projects — Ochiq kodli dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va hamkorlik (qilish) uchun onlayn internet sayt.

4. FreeCodeCamp — HTML, JavaScript, CSS va boshqalar uchun kodlash muammolari va oʻquv qoʻllanmalarini oʻz ichiga olgan platforma.

5. Dev.to — Dastur ishlab chiquvchilar uchun maqola, loyiha va resurslarni almashish va yangilarini kashf qilish uchun veb-sayt.

@webdev07
3.2K views07:07
Ochish/sharhlash
2023-02-14 08:13:25
Dasturchilar tajribasini oshirish uchun maslahat va tavsiya berishda davom etamiz.

1. 0 dan kod yozishni mashq qiling — Vaqtingiz boʻlishi bilan 0 dan mustaqil, hech kimning yordamisiz turli kodlarni yozishni mashq qiling. Bunday mashqlar sizga turli mavzularni osonlik bilan qabul qilishingizga yordam beradi.

2. Yozgan kodingizni turli manbalarda tekshiring — Oʻzingiz mustaqil yozgan kod ishlaringizni xatolarini bilish uchun turli platforma va internet saytlarda tekshiring. Ular vaqtingizni tejashga va xatolarni tezroq topishingizga yordam beradi.

3. Dasturlashga oid kitoblar oʻqing — Dasturlash sohasini chuqur va kengroq oʻrganishni xohlasangiz albatta kitob oʻqing. Kitoblarda juda yaxshi va foydali bilimlar koʻp.

4. Boʻsh vaqtingizda til kurslariga qatnang — Dasturlash sohasida til bilish muhim amahimaytga ega emas, ammo xalqaro jarayonlarda va yangi bilimlarni oʻrganishda bu yaxshi samara beradi.

@webdev07
2.1K views05:13
Ochish/sharhlash
2023-02-13 09:55:57 Kursga qiziqganlar shu videoni ko'rsangiz to'loqroq malimot olasizlar



1.2K views06:55
Ochish/sharhlash