Get Mystery Box with random crypto!

Web Dasturlash kanali

Telegram kanalining logotibi webdev07 — Web Dasturlash kanali W
Telegram kanalining logotibi webdev07 — Web Dasturlash kanali
Kanal manzili: @webdev07
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.78K
Kanalning ta’rifi

🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!
⁉️IT blog: @javohir_webdev
😎 Reklama: http://t.me/techno_ads/17

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2023-03-09 16:54:41
Ajoyib effect

Javascript html va CSS yordamida chiroqni o'chirgichni qanday yaratish mumkin
#html #css #js

@webdev07
3.8K views13:54
Ochish/sharhlash
2023-03-08 18:40:25 Parazit.

Har gal ChatGPT haqida yozganimda "Nega ChatGPT bizda ishlamaydi?" deb soʻrashadi.

Menda esa sizga qarshi savol bor, "Qachon oxirgi marta internetda biror xizmat uchun pul toʻladingiz?"

Bizdagi aksar odamlar internet va undagi xizmatlarni tabiiy va bepul deb qabul qilib oʻrganib qolgan. Internet rivojiga hissa qoʻshish uyoqda tursin, boshqalar qilgan ishini ham qadrlamaymiz.

Internetga qoʻyildimi, bepul boʻlishi kerak deb oʻylaymiz. Pullik dasturlarni suv tekin boʻlsa ham buzamiz. Pullik xizmatlarni koʻrsak jahlimiz chiqadi. Kino va seriallarni faqat torrentdan olamiz (qanaqa netflix?). Bu xizmatlarni yaratish, ularni doimiy ishlatib turish uchun pul va resurs talab qilinishini hayolimizga ham keltirmaymiz.

Kamiga, hukumatimiz ham absurd talablar qoʻyishdan charchamaydi. Masalan, Youtube (aniqrogʻi Google) Oʻzbekistonga xizmat koʻrsatmaydi. Monetizasiya yoqmaydi, reklama qabul qilmaydi. Sababi bizning hukumatimiz Googledan serverlarini Oʻzbekistonga koʻchirishni talab qilgan, tabiiyki Google oson yoʻldan yurgan va Oʻzbekistonni kartasidan oʻchirib qoʻygan. Buning orqasidan esa davlat va bloglerlar millionlab zarar koʻrishi esa hayolimizga ham kelmaydi.

Xullas, internet uchun biz gʻirt parazitmiz: bepul resurslardan foydalanamiz, pulligini koʻrsak burnimizni jiyiramiz. Onlayn qimorda $1000 yutqazsak-yutqazamiz, lekin Microsoft Officedan foydalanish uchun 10$ toʻlashga kelganda ziqnaligimiz tutadi. Malikadan 1000$ ga kompyuter olamiz, Windows esa oʻgʻrilangan boʻladi.

Yana uyalmasdan, "Nega ChatGPT Oʻzbekistonda yoʻq?" deymiz. San ziqnada Youtube ishlab turganiga rahmat degin.
1.7K views15:40
Ochish/sharhlash
2023-03-08 17:02:53
Qachongacha kutmoqchisiz?

Siz tengilar nimalar qilib yurganini bilasizmi? Bu nima o'tirish?

Aynan siz uchun, 40% LIK MEGA CHEGIRMA ulgurib qoling!

Agar sizni HTML,CSS dan xabaringiz bo'lsa, bu kursimiz aynan siz uchun!

Bizning kursimizda siz JavaScript basic, advanced va expert qismlari, TypeScript, React JS, Next JS va bonus sifatida Node JS, Express JS va Mongo DB texnalogiyalarni o'rganishingiz mumkin!

Vaqtni cho'zmang-da, tezroq Frontend development kursimizga yoziling. Bizda qabul boshlanganiga esa ancha bo'ldi.

Ha-ya, shoshilmasangiz 9-martgacha e'lon qilingan to'lov uchun chegirmadan ham quruq qolasiz. Shunday ekan, otni qamchilang!

Kurs haqida batafsil ma'lumot: frontend.uz

Ha aytgancha, adminga aloqaga chiqishingiz bilan bonusga ham ega bo'lasiz!

Biz bilan hoziroq bog'laning!
@deep_Web_admin
+998334101442
2.5K views14:02
Ochish/sharhlash
2023-03-07 17:09:50
Batafsil gaplashamiz: «Java haqida»

Dastur haqida: Java hozirda eng mashhur dasturlash tillaridan biri boʻlib, u 1995-yilda Sun Microsystems kompaniyasi hodimi Jeyms Gosling tomonidan ishlab chiqilgan. Dastur hozirgacha 22 marta yangilangan va hozirda undan 9 million dasturchi faol foydalanadi.

Dasturchining maoshi: AQSH da Java dasturchilari oʻrtacha 92 000 dollar atrofida maosh oladilar. Shuningdek, AQSH va boshqa davlatlarda ish haqlari tajriba, joylashuv va boshqa omillarga qarab $50 000 dan $140 000 gacha boʻlishi mumkin. Oʻzbekistonda esa $400 dan $3 000 gacha va ba’sida bundan ham koʻp boʻlishi mumkin.

Talab haqida: Ushbu dasturlash tili dunyo boʻyicha eng talab yuqori boʻlgan beshinchi dastur hisoblanadi. Unga boʻlgan hodim talabi esa 20 000 nafarga yaqin boʻlib, birgina AQSH ning oʻzida bu son 1 000 dan ortiq.

@webdev07
559 views14:09
Ochish/sharhlash
2023-03-07 11:37:55
717 mln. so‘m miqdorga teng bo‘lgan “Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi” tanlovini o'tkaziladi

Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalari bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 1-2-3 bosqichni tamomlagan talabalar hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari huzuridagi texnikumlar, akademik litseylarning o‘quvchilari uchun har o‘quv yilida Vazirlik stipendiyasi kvotasi ta’lim muassasalari o‘rtasida taqsimlanadi.

Bu yil stipendiantlar uchun kvotalar soni deyarli 2 barobar oshirilgan bo’lib, stipendiantlarni saralashda yuqori talablar belgilanmoqda.

Quyidagi havola orqali batafsil ma‘lumot va Nizom bilan tanishib chiqing: http://bit.ly/3mxsp4j

Barcha talaba va do'stlaringizga ulashing, hammada imkoniyat bor, harakatni hozirdan boshlang!

@mitcuz
2.0K views08:37
Ochish/sharhlash
2023-03-05 16:42:22

1.4K views13:42
Ochish/sharhlash
2023-03-05 16:02:34
ChatGPT orqarli React TS App yasash

shu haqida bir ozdan so'ng youtube kanalimda yangi video chiqadi
2.1K views13:02
Ochish/sharhlash
2023-03-03 18:44:39
O'zbekistonda AT rivojlanishidagi to'siqlar, sun'iy intellekt kelajagi va xavfi

"Bugun kim?"
ko'rsatuvi

Tomosha qiling



AzonTV
1.6K views15:44
Ochish/sharhlash
2023-02-28 17:55:04 O'rganish uchun dangasalik qilayapsizmi? Unda quydagi metod sizga yordam beradi.

Vaqtni to'g'ri boshqarish, Pomodoro metodi

Pomodoro metodi bugungi kunimizning eng samarali time managment metodlaridan biri hisoblanadi.

Batafsil: https://bit.ly/2OJ6Z3x

@webdev07 | Manba
1.9K views14:55
Ochish/sharhlash
2023-02-28 09:20:14
Siz IT-mutaxassismisiz va sizga netvorking kerakmi?

Unda sizni O'zbekistondagi yangi IT Hamjamiyatining ochilishiga taklif etamiz.

Rasmiy ochilish marosimida 6 nafar spiker so‘zga chiqadi va uchrashuv ishtirokchilariga IT cho‘qqilariga o‘z yo‘lini qurish imkonini bergan muvaffaqiyat sirlari haqida gapirib berishadi:
Alyona Vladimirskaya;
Akmaljon Musayev;
Bobur Rajabov;
Leonid Cherniy;
Munira Bekmuradova;
Shavkat Karimov.

Qiziqarlimi? Unda sizni 4-mart kuni soat 15:00 da Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida kutib qolamiz.

Tadbir ingliz tilida bo'lib o'tadi.

Tadbirga 3-mart, soat 18:00 gacha quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin: https://bit.ly/3YZSwiG

Batafsil:
https://bit.ly/3xPPjX0
2.7K views06:20
Ochish/sharhlash