Get Mystery Box with random crypto!

Dasturchilar tajribasini oshirish uchun maslahat va tavsiya be | Web Dasturlash kanali

Dasturchilar tajribasini oshirish uchun maslahat va tavsiya berishda davom etamiz.

1. 0 dan kod yozishni mashq qiling — Vaqtingiz boʻlishi bilan 0 dan mustaqil, hech kimning yordamisiz turli kodlarni yozishni mashq qiling. Bunday mashqlar sizga turli mavzularni osonlik bilan qabul qilishingizga yordam beradi.

2. Yozgan kodingizni turli manbalarda tekshiring — Oʻzingiz mustaqil yozgan kod ishlaringizni xatolarini bilish uchun turli platforma va internet saytlarda tekshiring. Ular vaqtingizni tejashga va xatolarni tezroq topishingizga yordam beradi.

3. Dasturlashga oid kitoblar oʻqing — Dasturlash sohasini chuqur va kengroq oʻrganishni xohlasangiz albatta kitob oʻqing. Kitoblarda juda yaxshi va foydali bilimlar koʻp.

4. Boʻsh vaqtingizda til kurslariga qatnang — Dasturlash sohasida til bilish muhim amahimaytga ega emas, ammo xalqaro jarayonlarda va yangi bilimlarni oʻrganishda bu yaxshi samara beradi.

@webdev07