Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

Telegram kanalining logotibi wayuuz — O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi O
Telegram kanalining logotibi wayuuz — O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi
Kanal manzili: @wayuuz
Toifalar: Siyosat , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 20.58K
Kanalning ta’rifi

🌆 Migratsiya muammolarida yuridik yordam
💸Ogʻir vaziyatda yordam olish
📚 Xorijda oʻqish | Bepul konsultatsiya
🌍 Chet el universitetlariga grant yutish
🔗 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://taplink.cc/wayu.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2021-12-18 06:31:24
Bugun 18-dekabr xalqaro migrantlar kuni

Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan xorijda mehnat qilayotgan va taʼlim olayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘zbekistonlik yoshlarimizni xayriya mablag‘lari orqali qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Musofir" xayriya loyihasi tashkil etilgan.

'Musofir'ga xayriya qilish uchun: Payme, upay, oson

+998993455559

Telegram | Instagram | Facebook | www.wayu.uz
632 viewsedited  03:31
Ochish/sharhlash
2021-12-17 15:55:25
Londondagi vatandoshimiz bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tadi

«O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida 19-dekabr kuni soat 20:00da Londondagi vatandoshimiz Mirjalol Mirsabitov bilan onlayn uchrashuv o‘tkaziladi. Uchrashuv davomida Buyuk Britaniyada o‘qish, turli grantlar yutish va boshqa qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Ishtirok etish uchun: https://t.me/IELTSLite?livestream

Telegram | Instagram | Facebook | www.wayu.uz
598 viewsedited  12:55
Ochish/sharhlash
2021-12-17 14:31:03
Turkiyadagi vatandoshlarimiz bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tadi

«O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida 18-dekabr kuni Zoom platformasi orqali Turkiyada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik muvaffaqiyatga erishgan insonlar bilan uchrashuv oʻtkaziladi. Unda bugungi kunda oʻz sohasining yetakchi vakillari boʻlgan taniqli yurtdoshlarimiz oʻz muvaffaqiyatlarini yoshlar bilan boʻlishadilar.

Uchrashuv davomida taniqli jurnalistlar Abdukarim Mirzayev, Otabek Tillayev, tilshunoslar Gulnoza Saidova, Saidbek Boltabayev, iqtisodchi Sarvarbek Nazarov hamda O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Turkiyadagi vakili Ergash Jumayev ishtirok etadi.

Murojaat uchun: @UzbTrBot

Telegram | Instagram | Facebook | www.wayu.uz
555 viewsedited  11:31
Ochish/sharhlash
2021-12-17 09:49:43
Qirg'iziston Respublikasining Jalolobod viloyatidagi bir guruh O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Qirg'iziston Respublikasidagi vakilligining jamoa a'zolari hamda faol volontyor yoshlari uchun uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasining Qirg'iziston Respublikasidagi elchixonasi , O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi , O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Qirg'iziston Respublikasi vakilligi ishtirok etdi.

Bir guruh volontyor yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | www.wayu.uz
594 viewsedited  06:49
Ochish/sharhlash
2021-12-17 09:43:46
Elchi va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

«O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida 20-dekabr kuni soat 16:00 da Zoom platformasi orqali Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Muxsinxoʻja Abdurahmonov bilan uchrashuv oʻtkaziladi.

Uchrashuv davomida yoshlar Yaponiyada ta’lim olish, mehnat qilish va Yaponiyaga borish boʻyicha savollariga javoblar olishlari mumkin. Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/H6eHKhNz7KWgPFVcA

Telegram | Instagram | Facebook | www.wayu.uz
556 viewsedited  06:43
Ochish/sharhlash
2021-12-17 08:25:36
Magistratura bosqichini Yaponiyaning nufuzli Tsukuba universitetida davom ettirmoqchi bo'lganlar uchun to'liq moliyalashtiriluvchi Special Program in Japanese and Eurasian Studies dasturi

Talablar
— Nomzod bakalavr bosqichini yakunlagan bo'lishi lozim. Bitiruvchi kurs talabalari ham ariza topshirishlari mumkin;
— Ingliz tilini yaxshi bilishi darkor(IELTS 6.0, TOEFL IBT 80, TOEFL CBT 230, TOEFL PBT 500);
— 2022-yil sentyabr oyining so'nggi haftasigacha Yaponiyaga yetib kelishi lozim va b.

Foydali tomonlari
— Ishtirokchilar o'quv kontraktidan ozod etiladi;
— Borish-kelish xarajatlari qoplanadi;
— Oyiga 106,350 iyen (~$943) stipendiya bilan ta'minlanadi.

Oxirgi muddat
15.01.2022 18:59

Batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | www.wayu.uz
618 views05:25
Ochish/sharhlash
2021-12-16 15:02:55
Germaniyadagi vatandosh yoshlarimiz bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tadi

«O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021»
doirasida 24-dekabr kuni Zoom platformasi orqali Germaniyada istiqomat qilayotgan va muvaffaqiyatga erishgan vatabdoshlarimiz bilan uchrashuv oʻtkaziladi. Unda bugungi kunda oʻz sohasining yetakchi vakillari boʻlgan taniqli yurtdoshlarimiz oʻz muvaffaqiyatlarini yoshlar bilan boʻlishadilar.

Uchrashuv davomida vatandoshimiz, Tesla kompaniyasi xodimi Mushtariy Sharifova, Berlin Gumboldt Universiteti dotsenti Ahmad Hamidov, Passau shahridagi Rotthallmünster shifoxonasi vrach-kardiologi Bunyodbek Jalolov va boshqa muvaffaqiyatga erishgan yoshlarga o‘z savollaringizni berishingiz mumkin bo‘ladi.

Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://bit.ly/3m8IOt7

Telegram | Instagram | Facebook | www.wayu.uz
1.1K viewsedited  12:02
Ochish/sharhlash
2021-12-16 12:23:53
Janubiy Koreyaning Seul shahrida Alisher Navoiy haykali oʻrnatildi.

Ochilish marosimida Koreya jamoatchilik vakillari, Oʻzbekistondagi davlat tashkiloti rahbarlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | www.wayu.uz
680 views09:23
Ochish/sharhlash
2021-12-16 08:07:32
Niderlandiyaning Top 10 talik universitetlaridan biri Radboud University da magistratura darajasini mutlaqo bepul o'qish imkoniyatini taqdim etuvchi Radboud Encouragement Scholarship grant dasturi. Yashash xarajatlari uchun - €11,100

Talablar
— Nomzod YI (Yevropa Ittifoqi)/YIH (Yevropa Iqtisodiy Hududi)ga kirmagan mamlakat fuqarosi bo'lishi kerak;
— Bakalavr darajasini Niderlandiyadan boshqa davlatda tamomlagan bo'lishi kerak;
— 2022-yil 1-sentyabrdan boshlanuvchi ingliz tilida o'qitiladigan magistrlik darajasida o'qishga qabul qilingan va to'liq ro'yxatdan o'tgan bo'lishi kerak va b.

Foydali tomonlari
— Magistrlik darajasida o'qish to'lovi;
— Yashash xarajatlarini qoplash uchun €11,100 miqdoridagi mablag';
— Viza olish va sug'urta xarajatlari qoplab beriladi

Oxirgi muddat
01.03.2022 02:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/58141

Telegram | Instagram | Facebook | www.wayu.uz
741 views05:07
Ochish/sharhlash
2021-12-15 09:07:57
Bakalavr, magistratura va doktoranturani istalgan yo'nalishda to'la moliyalashtirilgan holda o'qish uchun dunyoning nufuzli stipendiylaridan biri - Stipendium Hungarium Scholarship dasturi

Talablar
— Ko'rsatilgan davlatlardan birining fuqarosi bo'lish kerak (O'zbekiston ro'yxatda bor);
— Dastur boshlangunga qadar 18 yoshga to'lgan bo'lish;
— Ilgari stipendiyani qo'lga kiritmagan bo'lishi va o'qishga topshirayotganda o'z-o'zini moliyalashtirish turini (self-finance) tanlamagan bo'lishi lozim.

Foydali tomonlari
— O'quv-kontrakt to'lovidan ozod qilinadi;
— Oylik stipendiya: bakalavr, magistratura va darajasiz dasturlar uchun - HUF 43,700 (~ EUR 120); doktorantura uchun - HUF 140,000-180,000 (~ EUR 390/~ EUR 488);
— Bepul yotoqxona yoki turar-joy ijarasi uchun HUF 40,000 oylik stipendiya beriladi va b.

Oxirgi muddat
15.01.2022

Batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | www.wayu.uz
776 views06:07
Ochish/sharhlash