Get Mystery Box with random crypto!

Turkiyadagi vatandoshlarimiz bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘t | O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

Turkiyadagi vatandoshlarimiz bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tadi

«O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida 18-dekabr kuni Zoom platformasi orqali Turkiyada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik muvaffaqiyatga erishgan insonlar bilan uchrashuv oʻtkaziladi. Unda bugungi kunda oʻz sohasining yetakchi vakillari boʻlgan taniqli yurtdoshlarimiz oʻz muvaffaqiyatlarini yoshlar bilan boʻlishadilar.

Uchrashuv davomida taniqli jurnalistlar Abdukarim Mirzayev, Otabek Tillayev, tilshunoslar Gulnoza Saidova, Saidbek Boltabayev, iqtisodchi Sarvarbek Nazarov hamda O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Turkiyadagi vakili Ergash Jumayev ishtirok etadi.

Murojaat uchun: @UzbTrBot

Telegram | Instagram | Facebook | www.wayu.uz