Get Mystery Box with random crypto!

Germaniyadagi vatandosh yoshlarimiz bilan onlayn uchrashuv bo‘ | O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

Germaniyadagi vatandosh yoshlarimiz bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tadi

«O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021»
doirasida 24-dekabr kuni Zoom platformasi orqali Germaniyada istiqomat qilayotgan va muvaffaqiyatga erishgan vatabdoshlarimiz bilan uchrashuv oʻtkaziladi. Unda bugungi kunda oʻz sohasining yetakchi vakillari boʻlgan taniqli yurtdoshlarimiz oʻz muvaffaqiyatlarini yoshlar bilan boʻlishadilar.

Uchrashuv davomida vatandoshimiz, Tesla kompaniyasi xodimi Mushtariy Sharifova, Berlin Gumboldt Universiteti dotsenti Ahmad Hamidov, Passau shahridagi Rotthallmünster shifoxonasi vrach-kardiologi Bunyodbek Jalolov va boshqa muvaffaqiyatga erishgan yoshlarga o‘z savollaringizni berishingiz mumkin bo‘ladi.

Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://bit.ly/3m8IOt7

Telegram | Instagram | Facebook | www.wayu.uz