Get Mystery Box with random crypto!

Koreya Respublikasi Do'stlik va Madaniyat elchilari uyushmasi | WAYU.KOREA

Koreya Respublikasi Do'stlik va Madaniyat elchilari uyushmasi 2020-yilgi Eng Faol Elchi mukofotini O'zbekiston Respublikasi elchisi Vitaliy Fenga topshirdi.

Mamlakatimiz diplomatik vakolatxonasi rahbari ushbu mukofotga O'zbekiston va Janubiy Koreya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirishga, shuningdek do'stona munosabatlarni mustahkamlashga va ikki mamlakat xalqlari o'rtasidagi o'zaro tushunishni chuqurlashtirishga qo'shgan ulkan hissasi uchun munosib deb topildi.

Manba: Dunyo Axborot Agentligi