Get Mystery Box with random crypto!

Vazgeçtim Sevgidan💔| O'ziz bilas

Telegram kanalining logotibi vazkecdim_sevgidan — Vazgeçtim Sevgidan💔| O'ziz bilas V
Telegram kanalining logotibi vazkecdim_sevgidan — Vazgeçtim Sevgidan💔| O'ziz bilas
Kanal manzili: @vazkecdim_sevgidan
Toifalar: Video
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6
Kanalning ta’rifi

Bu kanalni yorimga bagishladim🥀.
Reklamadan xoli kanal.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-04-06 10:40:50
Qani sizni chiroyiz qani kozlar ishonmasdiz olimga tayyorgarlik qilmadiz qabr azobi va jaxannam azobidan Uzi saqlasin allox
@Jamoliddinqori
182 viewsMuhammadnozim Abdurasulov, 07:40
Ochish/sharhlash
2021-03-27 05:38:50
(InshaAlloh) nihoyatda samarali texnika!

#nikoh dagi aktual muammolardan.
Bu yerda #ayollarga xoslab yozilgan, ammo ayni texnikani erkaklar ham bajarsalar, natijasi yaqqol sezilishiga ishonchimiz komil, inshaAlloh!

Manba: @Mutawakkilun
258 viewsMuhammadnozim Abdurasulov, 02:38
Ochish/sharhlash
2021-01-23 10:31:12 Oʻqilmagan noma

Yosh davrim - gʻoʻr davrimda kunim tunda boshlanardi. Bundan eng koʻp onam aziyat chekardi. U oʻzining daydi oʻgʻlini tunning yarmiga qadar kutib oʻtirardi...

*

Bora-bora bu shunday odatga aylandiki, onam ham koʻnikib, muzlatgich ustida menga “noma” qoldirardi.

Nomaga qarab men non va taomlarni qayerdaligini bilardim. Boshlanishida bu men uchun qiziqdek tuyulardi.

Bora-bora xatlarning soni ortib borardi: unda taomlar bilan qatorda, yuvilgan liboslarim, kerakli narsalarim qayerdaligi ham koʻrsatilgan edi.

Men onamni esa deyarli koʻrmasdim. Kelsam uxlab qolgan, tongda esa quyosh chiqmay yana koʻchaga ishlagani chiqardim. Hayotim shu tahlit oʻtkanini ham bilmay qolibman.

*

Tunlarning birida uyga keldim va odatdagi nomani oʻqimay uyquga ketdim. Chunki noma men uchun yangilik boʻlmay qolgandi.

Tongda meni otamning qoʻrquv aralash ovozi uygʻotdi. Otam tunda qorovul boʻlib ishlar, tongga yaqin kelardi.

- Tur oʻgʻlim!!! Onang...Onang...

*

Yuragim qilt etdi, qoʻrquv tanamni egalladi. Oʻzimni qoʻlga olib hovliga chiqsam tumonat odam, qoʻshnilar, gʻassol, imom... Qoʻshnilar tobut olib kelayabdi...

Tundagi noma yodimga tushdi. Yugurib, muzlatkich ustidagi nomani oldim. Unda:

“Bolam, bugun oʻzimni har qachongidan ogʻir his qilayabman. Uyga kelganingda meni shifoxona olib bor, iltimos...” deb yozilgan edi.

Borimizni borida qadrlaylik. Vaqtni boy bermasdan ota-onangizga sevishingizni izhor qilib, ularga gʻamxoʻrlik qilishingizni istardim.

Hozir sizda imkoniyat bor.

Imkoniyatni boy berganlar esa ularning haqqiga duo qilinglar.

Shaydoi Jannat tarjimasi

#ibrat_ol
386 viewsMuhammadnozim Abdurasulov, 07:31
Ochish/sharhlash
2021-01-23 07:11:34 Yoshlar “Islomiy oila” haqida

Bu haqda boshqa jim yura olmadim. Atrofga qarab turib, oxiri ushbu mavzuda gapirmasa boʻlmaydi dedim. Hozirda aksar muslim va muslima yoshlar islomiy oilani qanday tushunishadi, aytaymi?
Hijob oʻragan qiz va soqol qoʻygan yigit - bu “naqadar baxtli islomiy oila!”
Afsuski, ularning xayollar olamida shunday tushuncha gavdalanib qolgan.

Galareyasida esa shunday “baxtiyor islomiy oila” suratlari toshib yotibdi. Gavdali bir soqol qoʻygan er hijobli ayolining yelkasidan quchib olgan yoki roʻmolini toʻgʻirlab qoʻyayotgan, ayoli esa hozirda urf boʻlgan telefonda bu holatni rasmga olayotgan, oʻrtada bolasi, hamma xursand, kiyimlar goʻzal...va shu bilan islomiy oila boʻldi qoldi.

Hoy baraka topgur, Rosululloh sollollohu alayhi vasallam bekorga “at-taqva hahuna” yaʼni “taqvo bu yerda boʻladi” deb 3-martalab yurakka, qalbga ishora qilib koʻrsatmaganlar.

Ertaga boshingga sinovlar kelishini bilasanmi? Shunda nima qilasan, yana oilaviy chiroyli kiyimlaringni kiyib, oynaga qarab irshayib rasmga tushasanmi?
Hayot shundan iboratmi, shunday yengil-yelpimi?

Aksar yosh muslimalarning xayolida, ogʻzida, chiroyli doʻppi-ridolarni kiyib olgan “TAQVODOR, ILMLI” yigit;
aksar yosh muslim yigitlarda esa niqob taqqan “TAQVODOR, ILMLI” qiz. Tagʻin haligiday suratlarni koʻrib zavqu shavqi yanada ortib ketadi...
Taqvo kiyim bilan oʻlchanadimi?! Uzr-kuya, ammo baʼzan ogʻzidan shunday gap tushmaydigan yoshlarni borib boshiga bir solsangu tormozlanib qolgan xumkallasi ishlab ketsa...

Hurmatli, axiylar, uxtiylar, xayollaringizni sal yigʻishtirib, dunyoqarashingizni toʻgʻirlab oling. Hayot “ga-ga-gu”dan iborat emas!
Ja bir xayolingizdagi islomiy oilaga qiziqib ketayotgan boʻlsangiz, Islomda oila haqidagi kitoblarni olib oʻqing.
Oiladan maqsad nima, qaysi ustunlar ila oila quriladi, oila asosi, nikoh va uning shartlari, taloq nima, uning turlari qanday, eru ayolning oiladagi burchlari nima, farzand tarbiyasida qanday yoʻl tutiladi, qaysi holatda nima qilmoq lozim, xullas shularni oʻqib, oʻrganing. Masʼuliyatni his eting.

Yigitlarning holatiga chidasa boʻlar, lekin...
Hali turmush qurmagan yosh muslimalarning ijtimoiy tarmoqlarda oʻzlarga, yo dugonalariga baralla solih juft tilashlari... Undan koʻra oʻzingga uyat tila, UYAT!
Hayo tila, shoʻring qurgʻur!
“Hey, mana men borman, solih er chiqsa tegaman” deyapsanda asli.
Yana shu yoʻlda oʻzicha “sabr” qilayotganini aytishi...kulaymi, yigʻlaymi?
Sabrni oʻsha “solih BEGING” hayotinga kirib kelganida qilasan, honim.

#ibrat_ol
295 viewsMuhammadnozim Abdurasulov, 04:11
Ochish/sharhlash
2020-12-27 20:25:36 Alloh uchun bir birini sevganlar...

Bu so’zlarni bir birini Alloh uchun sevganlar aytishar ekan:
“Sen bilan birga Sirot’dan qo’llaringdan tutgan holda o’tishni istayman.”
“Soqolingdan oqayotgan tahorat suvini, ro’molim bilan artishni istayman.”
“Sen bilan birga Jannat eshiklaridan kirishni istayman.”
Bilasizmi, ular hattoki bir birlarini bomdod namoziga uyg’ontiradilar. Qiz yigitga qo’ng’iroq qiladi va: “Uyg’oning, Jannatga bir o’zim kirishni istamayman.” deydi.

Yigit qizning hijobga kirishini, namoz o’qishini istaydi. Begona erkaklardan uzoq bo’lishini aytib, rashk qiladi. Internetdagi tarmoqlarni o’chirishini istasa, qiz darhol o’chiradi. Qiz bir nima yegisi kelsa, yigit darhol olib keladi. Qisqa qilib aytganda er-xotinchilik o’ynashadi. Qimmatbaho sovg’alar qizning qalbidan o’zgacha joy egallaydi, bu shunday davom etadi. Qiz yigitga va yigit qizga minglab hadislar, oyatlar o’qib beradi.
Lekin... Bir kun kelib yigit:
“Men senga loyiq emasman.”
“Sen mendan ham yaxshirog’iga loyiqsan.”
“Uyimdagilar meni uylantirmoqchi.”
“Oilam Hijobli qiz xohlamaydi.”
Shu bahonalardan birini aytib, qizni tark etadi.
So’ng bechora qiz, yaralangan qalbidan to’kilayotgan so’zlarni yigit uchun atab yoza boshlaydi..
“Biz bilan qolganlar omon bo’lsinlar, shukur deymiz borligingizga. Bizni tark etganlar unut bo’lsinlar, biz ko’nikdik yo’qligingizga.”

Endi stop! Mana shularni siz sevgi deb o’ylaysizmi? Sevgi agar bunday bo’lsa haromdir.
Bir birini bomdodga uyg’otish ikki inson orasida nikoh paydo qilib qo’ymaydi. Bunday orzular qurish, haromni halollashtirib olishdir. Yigitning, o’ziga mahram bo’lmagan qizni rashk qilib, hijobga kir va namoz o’qi deyishiga nima deysiz? Birovning mahramiga xo’jayin go’yoki ERKAK! Tag’in, qo’llaridan ushlab sirotdan o’tarmush. Sirotning daxshatini ko’rgach, na qo’l esga keladi, na qo’lning egasi.

Sevish gunoh emas! Lekin, Alloh chizgan chiziqdan tashqariga chiqish gunoh.
Mana shunday bo’mag’ur orzular qurish harom. Kimnidir sevgach, sabr ila toki haloli bo’lguncha kutish, qalb egasiga hech qanday zarar bermaydi. Chunki o’sha qalbning egasi, halol doiradan chiqmay, Alloh uchun sevganini o’sha halol doirada kutadi. Nasibi bo’lsa, albatta bir kun kelishini bilgani uchun, hattoki sevganining ovozini eshitishdan hayo qiladi.

Haromni halollashtirib olmang! Ko’zingizni oching. Shaytonning hiylalariga qul bo’layotganingizni ko’ring! Halol yo’l bilan boshlangan sevgi, halol yo’lda davom etsagina Allohning rizosiga va Jannatga yetib bora oladi!
384 viewsMuhammadnozim Abdurasulov, 17:25
Ochish/sharhlash
2020-10-11 20:17:29 Kanal o'z iw faoliyatini toxtatdi chiqib ketiwinglar mumkin....
545 views≡, 17:17
Ochish/sharhlash