Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar “Islomiy oila” haqida Bu haqda boshqa jim yura olmadi | Vazgeçtim Sevgidan💔| O'ziz bilas

Yoshlar “Islomiy oila” haqida

Bu haqda boshqa jim yura olmadim. Atrofga qarab turib, oxiri ushbu mavzuda gapirmasa boʻlmaydi dedim. Hozirda aksar muslim va muslima yoshlar islomiy oilani qanday tushunishadi, aytaymi?
Hijob oʻragan qiz va soqol qoʻygan yigit - bu “naqadar baxtli islomiy oila!”
Afsuski, ularning xayollar olamida shunday tushuncha gavdalanib qolgan.

Galareyasida esa shunday “baxtiyor islomiy oila” suratlari toshib yotibdi. Gavdali bir soqol qoʻygan er hijobli ayolining yelkasidan quchib olgan yoki roʻmolini toʻgʻirlab qoʻyayotgan, ayoli esa hozirda urf boʻlgan telefonda bu holatni rasmga olayotgan, oʻrtada bolasi, hamma xursand, kiyimlar goʻzal...va shu bilan islomiy oila boʻldi qoldi.

Hoy baraka topgur, Rosululloh sollollohu alayhi vasallam bekorga “at-taqva hahuna” yaʼni “taqvo bu yerda boʻladi” deb 3-martalab yurakka, qalbga ishora qilib koʻrsatmaganlar.

Ertaga boshingga sinovlar kelishini bilasanmi? Shunda nima qilasan, yana oilaviy chiroyli kiyimlaringni kiyib, oynaga qarab irshayib rasmga tushasanmi?
Hayot shundan iboratmi, shunday yengil-yelpimi?

Aksar yosh muslimalarning xayolida, ogʻzida, chiroyli doʻppi-ridolarni kiyib olgan “TAQVODOR, ILMLI” yigit;
aksar yosh muslim yigitlarda esa niqob taqqan “TAQVODOR, ILMLI” qiz. Tagʻin haligiday suratlarni koʻrib zavqu shavqi yanada ortib ketadi...
Taqvo kiyim bilan oʻlchanadimi?! Uzr-kuya, ammo baʼzan ogʻzidan shunday gap tushmaydigan yoshlarni borib boshiga bir solsangu tormozlanib qolgan xumkallasi ishlab ketsa...

Hurmatli, axiylar, uxtiylar, xayollaringizni sal yigʻishtirib, dunyoqarashingizni toʻgʻirlab oling. Hayot “ga-ga-gu”dan iborat emas!
Ja bir xayolingizdagi islomiy oilaga qiziqib ketayotgan boʻlsangiz, Islomda oila haqidagi kitoblarni olib oʻqing.
Oiladan maqsad nima, qaysi ustunlar ila oila quriladi, oila asosi, nikoh va uning shartlari, taloq nima, uning turlari qanday, eru ayolning oiladagi burchlari nima, farzand tarbiyasida qanday yoʻl tutiladi, qaysi holatda nima qilmoq lozim, xullas shularni oʻqib, oʻrganing. Masʼuliyatni his eting.

Yigitlarning holatiga chidasa boʻlar, lekin...
Hali turmush qurmagan yosh muslimalarning ijtimoiy tarmoqlarda oʻzlarga, yo dugonalariga baralla solih juft tilashlari... Undan koʻra oʻzingga uyat tila, UYAT!
Hayo tila, shoʻring qurgʻur!
“Hey, mana men borman, solih er chiqsa tegaman” deyapsanda asli.
Yana shu yoʻlda oʻzicha “sabr” qilayotganini aytishi...kulaymi, yigʻlaymi?
Sabrni oʻsha “solih BEGING” hayotinga kirib kelganida qilasan, honim.

#ibrat_ol