Get Mystery Box with random crypto!

Alloh uchun bir birini sevganlar... Bu so’zlarni bir birini | Vazgeçtim Sevgidan💔| O'ziz bilas

Alloh uchun bir birini sevganlar...

Bu so’zlarni bir birini Alloh uchun sevganlar aytishar ekan:
“Sen bilan birga Sirot’dan qo’llaringdan tutgan holda o’tishni istayman.”
“Soqolingdan oqayotgan tahorat suvini, ro’molim bilan artishni istayman.”
“Sen bilan birga Jannat eshiklaridan kirishni istayman.”
Bilasizmi, ular hattoki bir birlarini bomdod namoziga uyg’ontiradilar. Qiz yigitga qo’ng’iroq qiladi va: “Uyg’oning, Jannatga bir o’zim kirishni istamayman.” deydi.

Yigit qizning hijobga kirishini, namoz o’qishini istaydi. Begona erkaklardan uzoq bo’lishini aytib, rashk qiladi. Internetdagi tarmoqlarni o’chirishini istasa, qiz darhol o’chiradi. Qiz bir nima yegisi kelsa, yigit darhol olib keladi. Qisqa qilib aytganda er-xotinchilik o’ynashadi. Qimmatbaho sovg’alar qizning qalbidan o’zgacha joy egallaydi, bu shunday davom etadi. Qiz yigitga va yigit qizga minglab hadislar, oyatlar o’qib beradi.
Lekin... Bir kun kelib yigit:
“Men senga loyiq emasman.”
“Sen mendan ham yaxshirog’iga loyiqsan.”
“Uyimdagilar meni uylantirmoqchi.”
“Oilam Hijobli qiz xohlamaydi.”
Shu bahonalardan birini aytib, qizni tark etadi.
So’ng bechora qiz, yaralangan qalbidan to’kilayotgan so’zlarni yigit uchun atab yoza boshlaydi..
“Biz bilan qolganlar omon bo’lsinlar, shukur deymiz borligingizga. Bizni tark etganlar unut bo’lsinlar, biz ko’nikdik yo’qligingizga.”

Endi stop! Mana shularni siz sevgi deb o’ylaysizmi? Sevgi agar bunday bo’lsa haromdir.
Bir birini bomdodga uyg’otish ikki inson orasida nikoh paydo qilib qo’ymaydi. Bunday orzular qurish, haromni halollashtirib olishdir. Yigitning, o’ziga mahram bo’lmagan qizni rashk qilib, hijobga kir va namoz o’qi deyishiga nima deysiz? Birovning mahramiga xo’jayin go’yoki ERKAK! Tag’in, qo’llaridan ushlab sirotdan o’tarmush. Sirotning daxshatini ko’rgach, na qo’l esga keladi, na qo’lning egasi.

Sevish gunoh emas! Lekin, Alloh chizgan chiziqdan tashqariga chiqish gunoh.
Mana shunday bo’mag’ur orzular qurish harom. Kimnidir sevgach, sabr ila toki haloli bo’lguncha kutish, qalb egasiga hech qanday zarar bermaydi. Chunki o’sha qalbning egasi, halol doiradan chiqmay, Alloh uchun sevganini o’sha halol doirada kutadi. Nasibi bo’lsa, albatta bir kun kelishini bilgani uchun, hattoki sevganining ovozini eshitishdan hayo qiladi.

Haromni halollashtirib olmang! Ko’zingizni oching. Shaytonning hiylalariga qul bo’layotganingizni ko’ring! Halol yo’l bilan boshlangan sevgi, halol yo’lda davom etsagina Allohning rizosiga va Jannatga yetib bora oladi!