Get Mystery Box with random crypto!

Xayrlisi boʻladi 1. Men shoshib chiqmoqchi boʻlgan mashinaga | Vasliddin Jamoliddinov

Xayrlisi boʻladi

1. Men shoshib chiqmoqchi boʻlgan mashinaga boshqa bir yoʻlovchi chiqib ketdi. Afsuslandim, biroz tezroq yurmaganimga. Birozdan soʻng boshqa mashinada yoʻlga chiqdim va yoʻlda birinchi chiqmoqchi boʻlgan mashinamni koʻrdim, avtohalokatda agʻdarilib yotgan ekan.

2. Birinchi yil chala bilimga ishonib eng kam ball bilan ilinish mumkin boʻlgan OTM ga topshirib koʻrmoqchi boʻldim. Urinishlar samarasiz ketdi. 6 oy tayyorgarlik koʻrdim (maqsad va qiziqishlarni aniqlashtirib olishga ham vaqt boʻldi) va maqsadimdagi OTM talabasi boʻldim.

3. Tengdoshlarimga nisbatan ertaroq ish faoliyatimni boshlaganimdan dastlab afsuslandim. Chunki boʻsh vaqtim boʻlmasdi va ular bilan birga maroqli vaqt oʻtkazish mumkin boʻlgan yigʻilishlarga deyarli bormasdim.
Hozir esa talabalikni "Oltin davr" emas "Gʻanimat davr" ekanligini tushundim (kechroq boʻlsa ham).

4. Biznes boshlash ilinjida yoʻqotgan vaqt, asab va pulimdan ancha vaqtgacha afsuslandim. Hozir esa qilgan xatolarimni eslab kulaman va ular menga katta dars boʻlgan.

5. Hayotda meni ziyonimga deb oʻylagan ishlarim meni foydamga boʻlib chiqdi. Hozir ayrim xatolarni qilganimdan emas, aksincha, nega avvalroq qilib koʻrmaganimdan afsuslanaman.

6. Yoʻlda duch kelgan har qanday sinov Allohning taqdiri ekanligini oʻylaysan va xayrlisi boʻlishiga ishonib yoʻlni davom etasan...

@Vasliddin_blog