Get Mystery Box with random crypto!

Tangani uchinchi tomoni Qoʻshnisi diplom bilan tuzukroq ish t | Vasliddin Jamoliddinov

Tangani uchinchi tomoni

Qoʻshnisi diplom bilan tuzukroq ish topolmasa, bolasiga ana qara, oʻqib nima qilarding deydi.

Bitta 2 bahoga ga oʻqigan boyib ketsa, boyib ketish uchun yaxshi oʻqish shart emas deb shuni misol keltirishadi.

Qizlar bilan gaplashishga oʻrgangan bola yaxshi qizlar qolmadi deb oʻylaydi. Bitta yarimta yigiti oʻylaganidek boʻlib chiqmagan xonim hamma yigitlarni dardi bir deb oʻylaydi.

Bitta soqolli inson bilan bogʻliq koʻngilsizlikga "koʻngli toza" insonlar bularni hammasi мошенник deydi.

Inson doim koʻrgan bilganlariga asoslanib xulosa qiladi va bu tabiiy. Yuqorida koʻrganingdek lekin bu doim ham toʻgʻri fikr emas.
Sen doim oʻzingni haq deb oʻylaysan va fikrlaringga oʻzing ham ishona boshlaysan.

Xato fikrlashni toʻgʻrilashni yoʻli bor.
Birinchisi hamma fikrlaring toʻgʻri emas ekanligini tan olish. Ikkinchisi koʻp kitob oʻqish. Uchinchisi oʻzingdan ancha aqlli va tajribali insonlar davrasida boʻlish.


@Vasliddin_blog