Get Mystery Box with random crypto!

Sevgi bu.. Qabilalar Rasululloh salollohu alayhi vasallamni o' | Vardatul_jannah🥀

Sevgi bu..
Qabilalar Rasululloh salollohu alayhi vasallamni o'ldirish uchun to'planganini, o'lishi mumkunligini bila turib U zotning to'shaklarida yotgan ALI roziyallohu anhudir.

Sevgi bu..
Rasululloh salollohu alayhi vasallamning "Oisha haqida menga ozor bermanglar" degan gaplarida, harfiy va fe'liy mujassamlashgan OISHA roziyallohu anhudir.

Sevgi bu..
"Rasulullohning hujralarini yo'lida edik, juda chanqadim va suv qo'shilgan sut keltirdim. Uni Rasulullohga uzatib "Iching" dedim. Payg'ambar alayhissalom ichdilar, mening esa chanqog'im bosildi" degan ABU BAKR roziyallohu anhudir.

Sevgi bu...
Rasululloh salollohu alayhi vasallamning o'ldirilganliklari haqidagi (yolg'on) habar tarqalganda, endigina o'n besh yoshga to'lgan bo'lishiga qaramay, Makka yo'llarida qilichini sudrab yurgan, Islomda ilk qilichini yalang'ochlagan ZUBAYR roziyallohu anhudir.

Sevgi bu..
Rasululloh salollohu alayhi vasallam: "Nima tilagingiz bor?" deb so'raganlarida, "Jannatda Siz bilan birga bo'lishni so'rayman" degan ROBIA IBN KALBDIR!

Sevgi bu..
Rasululloh salollohu alayhi vasallam: "Nima rangingizni o'zgartirdi?" deganlarida, "Men bemor emasman, hech qayerim ham og'rimayapti, faqat Sizni ko'rmagunimcha daxshatga tushaman (ya'ni Sizni ko'rmasdan tura olmayman, Rasululloh salomatmikinlar, degan havotirda bo'laman)" degan SAVBON roziyallohu anhudir.

Sevgi bu..
Rasululloh salollohu alayhi vasallam vafot etganlarida eng qattiq yig'lagan UMAR roziyallohu anhudir.

Sevgi bu..
G'orga kirishlaridan oldin Rasululloh salollohu alayhi vasallamga: "Allohga qasam, kirmay turing, Sizdan oldin men kiraman. Agar unda (aziyat beradigan) biror narsa bo'lsa, Sizgamas menga yetsin" degan ABU BAKR roziyallohu anhudir.

Sevgi bu..
Ushbu jumlalarni o'qib ko'zi yoshlanib, "Ota Onam sizga fido bo'lsin, Yo Rasululloh" degan SIZDIR..
@Vardatul_jannah