Get Mystery Box with random crypto!

#korruptsiya #voqea Ko'p eshitgansiz: 'korruptsiyani oldini o | Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

#korruptsiya #voqea

Ko'p eshitgansiz: "korruptsiyani oldini olish uchun korruptsiya oqibatida kelayotgan shaxsiy zarar u sababli kelayotgan shaxsiy nafdan yuqori bo'lishi kerak".

To'g'ri, bu haq argument. (Va bunga qo'shimcha qilganmizki, korruptsiyaga qo'yilgan jazoni emas, balki kichik bo'lsa ham o'sha jazoning muqarrarligini oshirish kerak deb.)

Korrupsiyaga qarshi kurashishda bu ikki omildan tashqari iqtisodiy rivojlanish darajasi ham o'z ta'siriga ega ekanligini Koreyadagi bir voqea orqali tushuntirib bermoqchi edim.

Talabalik vaqtimda arbaytga – qurilishga ishga chiqdim. Bino deyarli bitgan va oxirgi sifat nazorati ishlari qolgan edi. Ya'ni, masalan, kafel teruvchilar eng oxirida hamma kafellarni bittama-bitta tekshirib, agar tirnoqdek bo'lsa-da defekt topishsa, o'sha kafelni yangisi bilan almashtirib chiqishar edi.

Qisqasi, bizning vazifa ortib qolgan hamma kafellarni yer to'laga olib tushib qo'yish bo'ldi. Bizni ishlatayotgan sajang bilan boshqa bo'lim ishchisining suhbatini eshitib qoldim:

- Nega shuncha narsani 30 etajdan oldirib kelyapsan (tahminan 2~3 yuk mashinalik edi)?
- Kelajakda, yana braklari chiqib qolsa yoki tabiiy ofatda zarar yetsa ishlatishadi... Chunki, o'sha paytda aynan shu rangdagi kafellarni topa olmasliklari mumkin-da.
- Olib chiqib sotib yubor (biroz hazil aralash so'raydi narigi bo'lim hodimi).
- Yo'g'e... Arzimaydi!

Aynan mana shu "arzimaydi" bizning argument. Aynan mana shu "arzimaydi" degan so'zda iqtisodiy nazariya bor.

"Arzimaydi" = men buni mashinaga yuklab, oladigan odam topib, sotib yuborishimga arzimaydi. Men o'sha ketgan vaqtda boshqa narsa bilan shug'ullansam ko'proq naf olaman.

Ya'ni, iqtisodiy rivojlanish odatda inson mehnatining (= qadrining) narxini oshiradi (shuning uchun, qilgan kunlik ishingiz uchun da 100 ming, da 1 million haq olasiz). Iqtisodiy o'sish sizga korruptsiyadan olgan foydangizni halol yo'l bilan ham topsa bo'lishligiga imkon beradi.

Lekin, ajabki, bu argument katta korporativ korruptsiyalar uchun ishlamaydi. Korporativ korruptsiya uchun shaffoflik va muqarrarlik degan tushunchalar ishlaydi.