Get Mystery Box with random crypto!

​​Energiya. Narx. O'chgan svetofor. Yevropada energiya iste’m | Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

​​Energiya. Narx. O'chgan svetofor.

Yevropada energiya iste’moliga bo’lgan talabni qisqartirish uchun turli usullar qo’llanilyabdi. Urush davridagi cheklovlarga o'xshash hukumat tomonidan energiya iste’moliga o'rnatilgan cheklovlarga ba’zi misollar: Germaniyaning bir shahrida svetoforni o‘chirishga qaror qilishibdi, boshqa shahrida esa jamoat binolarida issiq suv ta’minotini 15 foizga qisqartirishibdi, Fransiyada esa konditsioner ishlayotgan paytida do‘kon egalari eshiklarini ochiq ushlab tursalar ular jarimaga tortilarkan…

Bular hukumat darajasidagi siyosat nafaqat aholini balki bizneslarni ham energiya iste’molini kamaytirishga chorlayabdi. Masalan, Fransiya bosh vaziri zudlik bilan har qanday energiya iste'molini to'xtatish juda muhimligini aytib, agar shunday qilinmasa, "bir kechada shafqatsiz energiya uzilishlari va jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlar bo'lishi mumkin” ligidan havotirda.

Qarang, iste’molni kamaytirish yo'lida xuddi buyruqbozlik iqtisodiyoti alomatlarini ko’rganday bo’lyapmiz. AQShda 70-yillardagi narxlarga bo’lgan chegirmalarni, tadbirkorlar narxni oshirmasligi uchun magazinbay tekshirishlar ham misol. Albatta, siyosatchilar nuqtai nazaridan energiya narxi past bo’lishi aholi noroziligini oldini oladi, va bu yengil yechim degan fikr bor. Gap shundaki, yuqoridagi birorta chora asosiy maqsadni - energiya iste’molini qisqartirmaydi. Balki, aksincha, sun’iy ravishda past ushlab turilgan energiya narxi, va uning iste’moliga cheklovlar energiya iste’molini battar oshirishi tabiiy deb iqtisodiy tadqiqotlar ko’rsatib bergan.

The Economist aynan shu haqda yozibdi. Masalan, Kaliforniyada kambag’al uy xo’jaliklari uchun energiya narxi 20%ga qisqartirilgan edi, natijada esa energiya iste’moli 8.5%ga oshibdi. Kamaymagan, oshgan, ya’ni teskarisi. Hukumat beradigan energiya subsidiyalari energiya taqchilligini hal qilish emas, balki battar energiya iste’molini ko’paytiradi. O’tgan asrdagi iqtisodchilar teskarisini aytar edilar - energiya narx oshishi iste’molga ta’sir qilmaydi, chunki odamlar baribir ishga qatnashi, uyda chiroq yoqishi kerak deb. Shu xulosaga tayanib energiya iste’moliga cheklovlar, ratsionlar o’rnatilar edi. Muammo shundaki, o’sha tadqiqotchilar agregat ma’lumotlarga tayangan, haftalik yoki hudud kesimida. Hozirgi davrdagi tadqiqotchilar esa, mikro ma’lumotlarni ishlati teskarisini ko’rsatdilar - iste’molchilar narxlarga qarab o’z iste’mollarini to’g’irlaydilar, ular narxlarga tayanib qaror chiqaradilar. Masalan, benzin narxi qimmatlashsa iste’molchi kundalik hayotini shunga moslashtiradi, kamroq haydaydi, borishi kerak bo’lmagan manzilga bormaydi, jamoat transportidan foydalanadi, uydan bitta mashinada chiqib ketadi carpool qilib vhkz.

Shunga energiya iste’molini qisqartirish uchun nima qilish kerak degan savolga, javob bu barchaga subsidiya berish, narxni sun’iy ushlab turish, energiyadan foydalanishga limitlar o’rnatish emas, balki yuqori narx yuboradigan signalni (bu signal iste’molni kamaytirishga rag’bat beradi) saqlagan holda iste’molchilarga targetli pul tarqatish usuli deb javob bersa bo’ladi.

@uzbekonomics