Get Mystery Box with random crypto!

Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtiris | Uztelecom Yoshlari

Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–46-son Farmonida bu borada aniq vazifalar belgilab berilgan.

Joriy yilning 2-fevral kuni davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizning shahar va tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida joriy yil 1-martdan boshlab “Yashil yillik” umummilliy tadbiri boshlanishi e’lon qilingan edi.

“O‘zbektelekom” AK “T va PRM” filiali xodimlari tomonidan ushbu loyiha doirasida Toshkent shahridagi 424-maktabgacha ta’lim tashkiloti hududida mevali daraxt va manzarali ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda filial xodimlari bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotining xodimlari ham faol qatnashib, bolalar bog‘chasi hududida 40 tup mevali va manzarali daraxtlar ekildi.

Amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar hududlar qiyofasini obod etish barobarida, tabiatni asrash, ekologik musaffolikni ta’minlashga ko‘mak berishi bilan ahamiyatlidir.