Get Mystery Box with random crypto!

Samaradorlikni oshirish uchun 33 ta qisqa layfxak Ulashing 1. | Uztelecom Yoshlari

Samaradorlikni oshirish uchun 33 ta qisqa layfxak

Ulashing
1. Bor-yo‘g‘i boshlang

Boshlangan ishni yakunlash osonroq. Miyamiz yakunlanmagan jarayonlardan xalos bo‘lishga harakat qiladi.

2. Kichik porsiyalar bilan ishlang

Agar diqqatingiz bir yerga jamlangan bo‘lsa, kam vaqt ichida ko‘proq vazifani amalga oshirish mumkin.

3. Samaradorlik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lganida chalg‘imang

Quvvatingizni katta vazifalarni bajarish uchun sarflang.

4. Xarxasha qilmang

Biror narsani bajarish qiyin ekani to‘g‘risidagi shikoyatlar o‘rniga ish bilan shug‘ullaning.

5. Mukammallik haqida unuting

Vazifalarni o‘z muddatida bajaring. Agar maqsadingiz – mukammallik bo‘lsa, vazifalarning katta qismi bajarilmay qolib ketadi.

6. Har bir yarim soatda 20 daqiqalik tanaffus qiling

Samaradorligingiz 16 foizga ortadi

7. Tanaffus qiling

10 soatlik hordiqdan keyin samaradorlik 8 foizga ortadi.

8. Eng yaxshi xodimlarning umumiy jihatlari bor

Ular 90 daqiqalik sessiyalar bilan kuniga 4 soatdan ortiq ishlamaydilar.

9. Ish muhitini tashkillashtiring

Tabiiy yoqimli yorug‘lik sizni baxtli va samaraliroq qiladi.

10. Uxlash vaqtini tashkillashtiring

Kunduz kuni 10-30 daqiqa uxlab olish tavsiya etiladi. Tetik bo‘lishingiz uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha uxlang.

11. Meditatsiya qiling

Ta'lim dunyoqarashni kengaytirish, meditatsiya esa diqqatni jamlash va xotirani mashq qildirish uchun zarur.

12. Erta uyg‘oning

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, eng muvaffaqiyatli rahbarlar kunini tonggi soat 6 dan avval boshlaydi.

13. «Oflayn»ga kiring

Internet, ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta – samaradorlik qotili.

14. Vazifalar ro‘yxatini yuriting

Ana o‘shanda keyin nima qilish kerakligini oldindan bilasiz.

15. Bo‘lajak haftani oldindan rejalashtiring

Odatiy ishlarga biror yangi vazifalarni kiriting, ustuvorliklarni belgilang.

16. Sizni kimdir tekshirishi kerak

Tashqaridagi bosim grafikdan chiqmaslikka yordam beradi.

17. Vazifalarga ishtiyoq bilan kirishing

18. Dastlab eng yoqtirmaydigan vazifaga kirishing

Qiziqroq ish bilan shug‘ullanish uchun uni tezroq yakunlash istagi paydo bo‘ladi.

19. Agar imkoni bo‘lsa, haftada bir kun uyda ishlang

Sokin muhit ishga yordam beradi.

20. «Yo‘q» deyishni o‘rganing

O‘zingizga qat'iy jadval tayyorlang – u mayda-chuydaga chalg‘imaslikka yordam beradi.

21. Muhim vazifalarni odatiy vazifalarga aylantiring

Odatiy vazifalar ishni qulayroq qiladi.

22. Imkoni bo‘lsa, vazifalarni boshqalarga topshiring

Bo‘shagan vaqtni esa katta maqsadlar uchun sarflang.

23. Vazifalarni kichik bo‘laklarga bo‘ling

Bir vazifani yakunlamaguncha ishlang.

24. Ishni yakunlash uchun yana bir ayyorona usul bor

Bajarishni to‘xtatib, uxlash.

25. «Ishga ko‘milganlik»dan qoching

Vazifalar ro‘yxatiga 2-3 banddan ortig‘ini kiritmang.

26. Hech narsa bilan band bo‘lmaslik uchun ham vaqt ajrating

Bunday tanaffuslarni ham oldindan belgilab oling.

27. Kompyuterdagi instrumentlar bilan cheklanmang

Masalan, doska, katta bloknot, qog‘oz varaqlardan ham foydalaning.

28. Eslatmalar uchun budilnikli haqiqiy soat xarid qiling

Telefondagi budilnik yaramaydi: chalg‘iysiz.

29. Ba'zida vazifani bajarish uchun 5 daqiqadan ortiq vaqt ketmaydi

Uni hoziroq bajaring.

30. O‘zingiz uchun qulay bo‘lgan joyda ishlang

Yagona joy bilan chegaralanmang.

31. 10-15 daqiqali tanaffuslar bilan ishlang

Samaradorlik yuqori bo‘lishi uchun taymerdan foydalaning.

32. Nonushtani «baquvvat» qiling

Bu sizni quvvat bilan to‘ldiradi va kun davomida samarali bo‘lishda yordam beradi.

33. Vazifalar ro‘yxatini qisqa qiling

Undan uchrashuv va tadbirlarni chiqarib tashlang.

Qashqadaryo viloyati "Kelajak liderlari" klubi
@liderlar1