Get Mystery Box with random crypto!

"MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI

Telegram kanalining logotibi uzmtdpmk — "MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI M
Telegram kanalining logotibi uzmtdpmk — "MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI
Kanal manzili: @uzmtdpmk
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.75K
Kanalning ta’rifi

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasining rasmiy sahifasi!
Bizni boshqa tarmoqlarda ham kuzatib boring!
https://www.facebook.com/uzmilliytiklanish
Biz bilan bog’lanish uchun👉 @MTDP_murojaat

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2021-12-17 15:48:18
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, fraksiya aʼzosi, yozuvchi Xurshid DO‘STMUHAMMAD:

“Qonun – korrupsiyaga qarshi kurashishda eng samarali qurol” mavzuida yozilgan insholarni o‘qigan kishi har jihatdan mamnun bo‘ladi. Avvalo, yosh yigit-qizlarimiz jamiyatimizni, kelajagimizni kemiruvchi, taraqqiyotdan ortga qaytaruvchi illatga nisbatan munosabatlari tiyrak va sog‘lom.

Insho mualliflari korrupsiyaning tarixi, zarari, ko‘lami, ko‘rinishlari va, albatta, uning oqibatlarini to‘g‘ri talqin qilishgan. Yanada muhimi, illatga qarshi kurash choralariga doir o‘z takliflarini o‘rtaga tashlashgan.

Insholarni baholashda mazkur ko‘rsatkichlardan, jumladan, mulohazalarning zalvori, ko‘lami, taʼsirchanligidan kelib chiqildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram l Website l Facebook l Instagram
471 viewsRASMIY SAHIFA, 12:48
Ochish/sharhlash
2021-12-17 14:51:21
Tanlov g‘oliblari qanday aniqlandi?

Tanlov eʼlon qilingan kun – 2021-yil 26-noyabrdan 9-dekabrga qadar @MTYoshlarmurojaatiBot orqali 100 ga yaqin oliy taʼlim muassasasi talabalaridan 1000 ga yaqin insholar kelib tushdi. Ishtirokchilarning 41 foizini yigitlar va 59 foizini talaba qizlar tashkil qiladi.

Insholarni ko‘rib chiqish va saralash maqsadida partiya Markaziy kengashi masʼul xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Yoshlar parlamenti aʼzolaridan iborat ishchi guruhi shakllantirildi.

Insholar to‘rt bosqichli saralashdan o‘tkazildi va so‘nggi bosqichda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, yozuvchi Xurshid Do‘smuhammad va shoira Farida Bo‘tayevalar tomonidan 17 ta insho saralab dolzarbligi, ko‘lami va illatga qarshi kurash choralariga doir muhim takliflari nuqtai nazaridan ko‘rib chiqildi va ular orasidan 10 nafar g‘olib aniqlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram l Website l Facebook l Instagram
817 viewsRASMIY SAHIFA, 11:51
Ochish/sharhlash
2021-12-17 14:26:42 Insholar tanlovi g‘oliblari eʼlon qilindi

Uch nafar birinchi, uch nafar ikkinchi va to‘rt nafar uchinchi o‘rin g‘oliblari eʼlon qilinib, mukofotlar topshirildi.

Jumladan, birinchi o‘rin g‘oliblari bir yillik o‘quv kursiga yo‘llanma va “IELTS” sertifikati uchun to‘lov, ikkinchi o‘rin g‘oliblari olti oylik o‘quv kursiga yo‘llanma va “IELTS” sertifikati uchun to‘lov va uchinchi o‘rin g‘oliblari esa “IELTS” sertifikati uchun to‘lov bilan taqdirlandi.

Shuningdek, g‘oliblarga partiyaning Tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram l Website l Facebook l Instagram
1.0K viewsRASMIY SAHIFA, 11:26
Ochish/sharhlash
2021-12-17 13:46:48
O‘zgarish yoshlardan boshlanadi

“Qonun – korrupsiyaga qarshi kurashishda eng samarali qurol”
mavzusidagi insholar tanlovi ishtirokchilari kunning ikkinchi yarmida "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashida bo‘lib, partiya yetakchisi Alisher Qodirov bilan uchrashdi.

Partiya yetakchisi bugun mamlakatimizda yoshlarning bilim olishi, ularni vatanparvar, qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada qonunchiligimizdagi o‘zgarishlar, shuningdek, partiyada yoshlarning rolini oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida gapirdi.

– "Milliy tiklanish" partiyasi "Insonni o‘zgartirish orqali jamiyatni o‘zgartiramiz" shiorini bejiz tanlagani yo‘q. Avvalo o‘zimiz o‘zgarmas ekanmiz, jamiyatimizni o‘zgartira olmaymiz. O‘zgarish esa yoshlardan boshlandi, – dedi A.Qodirov.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram l Website l Facebook l Instagram
646 viewsRASMIY SAHIFA, 10:46
Ochish/sharhlash
2021-12-17 12:41:53
“Qonun – korrupsiyaga qarshi kurashishda eng samarali qurol” mavzusidagi insholar tanlovi ishtirokchilari Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlislar o‘tkaziladigan zali, kutubxona hamda muzey faoliyati bilan ham tanishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram l Website l Facebook l Instagram
736 viewsRASMIY SAHIFA, 09:41
Ochish/sharhlash
2021-12-17 09:45:53
Ayollar bog‘ini surishtirishi kerak

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhamedjanova:

– Hurmatli Prezidentimiz uchrashuvlaridan birida ayollarning korrupsion holatlarning oldini olishdagi o‘rni juda muhimligini taʼkidlagan edilar. Uzumini ye, lekin bog‘ini surishtirma degan gap juda yomon. Ayollar bog‘ini surishtirishi kerak. Chunki ayollar erkaklarga tez taʼsir ko‘rsata oladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram l Website l Facebook l Instagram
721 viewsRASMIY SAHIFA, edited  06:45
Ochish/sharhlash
2021-12-17 09:30:13
Maktab olimpiadalari shaffofligini qanday taʼminlash mumkin?

– Men savol emas, taklif bermoqchi edim, – dedi tanlov ishtirokchisi Munisa Rayimova. – Maktablarda o‘tkazilayotgan olimpiadalarda korrupsion holatlar haqida ko‘p gapiryapmiz. Shunday holatlarning oldini olish uchun maktab olimpiadalarini ham kameralar orqali jamoatchilikka ko‘rsatish kerak. Shuningdek, olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarning yozilgan ijodiy ishlarini gazeta va internet tarmoqlarida ham eʼlon qilish lozim. Bu maktab olimpiadalarining shaffof bo‘lishini taʼminlar edi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram l Website l Facebook l Instagram
695 viewsRASMIY SAHIFA, edited  06:30
Ochish/sharhlash
2021-12-17 09:09:02
Korrupsiya bo‘yicha eng yaxshi taklif

“Korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlarning o‘rni”
mavzusidagi ochiq muloqotda ishtirok etgan tanlov g‘oliblari Jahongir Shirinovdan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

– Jahongir aka, korrupsion holatlarni sodir etgan shaxslar bo‘yicha ro‘yxat shakllantirilishi haqida gapirdingiz. Ro‘yxatga tushgan shaxs qachonlardir undan chiqarilishi mumkinmi? – deya so‘radi Dilshod Fayziyev.

– Juda yaxshi savol bo‘ldi, – dedi J.Shirinov. – Men buni eng yaxshi taklif sifatida qabul qildim. Chunki ro‘yxatni shakllantirish harakatlari endi boshlandi va bu masalani albatta ko‘rib chiqamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram l Website l Facebook l Instagram
659 viewsRASMIY SAHIFA, edited  06:09
Ochish/sharhlash
2021-12-17 08:33:07
Korrupsiyaga qarshi barcha birdek kurashishi lozim

Jahongir Shirinov mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi umumdavlat miqyosidagi vazifa sifatida belgilangani va uning payini qirqish bo‘yicha izchil harakatlar olib borilayotganini taʼkidlab, bu borada so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berdi.

– Albatta, bu illatga qarshi nodavlat tashkilotlar, ayniqsa, jamoatchilik ham birdek kurashmas ekan, amaliy natijaga erishib bo‘lmaydi, – dedi J.Shirinov.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram l Website l Facebook l Instagram
707 viewsRASMIY SAHIFA, 05:33
Ochish/sharhlash
2021-12-17 08:22:26
Insholar tanlovi g‘oliblari Oliy Majlisda

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamkorligida tashkil qilingan “Qonun – korrupsiyaga qarshi kurashishda eng samarali qurol” mavzusidagi insholar tanlovi yakuniga yetgani haqida xabar bergan edik.

Tanlov g‘oliblari taqdirlash marosimida ishtirok etish uchun bugun Toshkent shahriga yig‘ildilar.

Taqdirlash marosimi oldidan g‘oliblar ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib, partiya fraksiyasi aʼzosi, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi rahbari Jahongir Shirinov bilan uchrashdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram l Website l Facebook l Instagram
1.6K viewsRASMIY SAHIFA, 05:22
Ochish/sharhlash