Get Mystery Box with random crypto!

Tanlov g‘oliblari qanday aniqlandi? Tanlov eʼlon qilingan kun | "MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI

Tanlov g‘oliblari qanday aniqlandi?

Tanlov eʼlon qilingan kun – 2021-yil 26-noyabrdan 9-dekabrga qadar @MTYoshlarmurojaatiBot orqali 100 ga yaqin oliy taʼlim muassasasi talabalaridan 1000 ga yaqin insholar kelib tushdi. Ishtirokchilarning 41 foizini yigitlar va 59 foizini talaba qizlar tashkil qiladi.

Insholarni ko‘rib chiqish va saralash maqsadida partiya Markaziy kengashi masʼul xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Yoshlar parlamenti aʼzolaridan iborat ishchi guruhi shakllantirildi.

Insholar to‘rt bosqichli saralashdan o‘tkazildi va so‘nggi bosqichda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, yozuvchi Xurshid Do‘smuhammad va shoira Farida Bo‘tayevalar tomonidan 17 ta insho saralab dolzarbligi, ko‘lami va illatga qarshi kurash choralariga doir muhim takliflari nuqtai nazaridan ko‘rib chiqildi va ular orasidan 10 nafar g‘olib aniqlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram l Website l Facebook l Instagram