Get Mystery Box with random crypto!

Noyer qachon maydonga qaytadi? Nagelsmann javob berdi | Futbolchilar

Noyer qachon maydonga qaytadi? Nagelsmann javob berdi

Myunxenning "Bavariya" klubi ustozi Yulian Nagelsmann yelkasidan jarohat olgan jamoa darvozaboni Manuel Noyerning sog‘lig‘i haqida gapirdi.
"Men hammani tinchlantirmoqchiman. So‘nggi bir necha kun ichida Noyer yaxshi tuzalib bormoqda, u mashg‘ulotlarni qisman boshladi. Manuel hafta oxirida "Gerta"ga qarshi o‘ynay olishini istisno qilmayman. Biz uning holatini har kuni kuzatib boramiz", - dedi "Bavariya" ustozi Sport1.de bilan suhbatda.
Germaniya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan “Gerta” va “Bavariya” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
36 yoshli darvozabon joriy mavsumda Bundesligada 9ta o‘yinda maydonga tushdi va 8ta gol o‘tkazib yubordi.
-