Get Mystery Box with random crypto!

Zaxa tekinga ketishi mumkin 'Kristal Pelas' | Futbolchilar

Zaxa tekinga ketishi mumkin

"Kristal Pelas" hujumchisi Uilfrid Zaxa kelasi yozda jamoani tark etishi mumkin, deb xabar beradi Daily Mail.
Manba bergan xabarga ko‘ra, klub va 29 yoshli ivuarlik futbolchi o‘rtasida yangi shartnoma borasidagi muzokaralar hozircha oldinga siljimayapti.
Zaxaning "burgutlar" bilan shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi, u keyingi yil boshidan boshqa jamoalar bilan muzokara olib borishi mumkin. Futbolchining xizmatlariga "Arsenal", "Chelsi" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirmoqda.
2022/23 yilgi mavsumda Zaxa "Kristal Pelas" tarkibida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali hujumchining narxini 38 million yevroga baholamoqda.
-