Get Mystery Box with random crypto!

Vazir o‘rinbosari Qashqadaryo viloyatidagi ta'lim tashkilotlar | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Vazir o‘rinbosari Qashqadaryo viloyatidagi ta'lim tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov Qashqadaryo viloyatidagi ta'lim tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida Shahrisabz shahridagi 18-umumiy o'rta ta'lim maktabida tashkil etilgan o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish, ta'lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni quyi bosqichlardagi ijrosi, yakuniy davlat imtihonlari, maktablarda tashkil etilgan to'garaklar hamda o'quvchilar qamrovi, obodonlashtirish ishlari, moddiy texnik bazalari bilan yaqindan tanishdi hamda tegishli tavsiyalar berdi.

Shunindek, Shahrisabz shahridagi 13-, 27-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati ham o'rganilib, zaruriy ko'rsatmalar berildi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_vxtb