Get Mystery Box with random crypto!

Respublika pedagogik ta’lim resurs markazi 1-iyun Xalqaro bola | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Respublika pedagogik ta’lim resurs markazi 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Bilag‘on bolajon” chellenjini e’lon qiladi!

Buning uchun farzandingiz bilan quyida ko‘rsatilgan oilaviy dam olish maskanlariga tashrif buyring va “Bilag‘on bolajon” o‘tadigan joyga kelib farzandingiz bilan selfiga tushgan holda ijtimoiy tarmoqlarda #Bilag'onbolajon #Kitobbiznidustimiz xeshteglari ostida rasmlarni joylang.

Mazkur chellenjda kitobxon bolajonlar, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishi mumkin. Ushbu chellenj quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:
30-may, 16:00 dan 18:00 gacha - “Ekopark” bog‘i.
31-may, 16:00 dan 18:00 gacha - “Anhor-Lokomotiv” bog‘i.
31-may, 19:00 dan 20:00 gacha - “Magic City” bog‘i.


Chellenjda faol qatnashing!

“Bilag‘on bolajon” chellenjida ishtirok etib berilgan savollarga javob bering hamda kitob yutib oling!