Get Mystery Box with random crypto!

Iqtidorli yoshlar zaxirasini shakllantirish uchun tashkil qili | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Iqtidorli yoshlar zaxirasini shakllantirish uchun tashkil qilingan olimpiadaga start berildi

Bugun respublikamizning barcha tumanlarida 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika-informatika bo‘yicha olimpiada tashkil qilinmoqda. 100 nafar iqtidorli o‘quvchilar zaxirasini shakllantirish maqsadida o‘tkazilayotgan saralash olimpiadasida o‘quvchilarning mantiqiy, tanqidiy, kreativ fikrlash qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan 30 ta topshiriqlar taqdim qilinib, ularni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

Mazkur bosqichda har bir sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar (1-, 2-, 3-o‘rinlar) g‘olib aniqlanadi va saralash olimpiadasining uchinchi (viloyat) bosqichda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.

Saralash olimpiadasining uchinchi (viloyat) bosqichi — 17-aprel kuni;

Saralash olimpiadasining to‘rtinchi (Respublika) bosqichi — 18-aprel kuni o‘tkaziladi.

Respublika bosqichi hududlarda tashkil qilinadi, bunda III bosqichda har bir sinf kesimida 5 nafardan ishtirokchilar o‘z hududlarida berilgan topshiriqlarni nazorat, kuzatuv ostida bajarishadi, ishlar maxsus Telegramm kanalga joylanadi, markazlashgan holda tekshiriladi hamda yakuniy natija Respublika miqyosida eʼlon qilinadi.

Saralash olimpiadasining Respublika bosqichi yakuniy natijalariga ko‘ra eng yaxshi natija ko‘rsatgan 4 nafar o‘quvchilar (tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilangan yosh toifasiga mos bo‘lgan) Xalqaro matematika musobaqasida(IMS) ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. Mazkur xalqaro olimpiada 2024-yilning 26-31-iyul kunlari Hindiston davlatida bo‘lib o‘tadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin