Get Mystery Box with random crypto!

5. Xohlasangiz 14 ta nazariy darsdan keyin, xohlasangiz ertaro | 𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

5. Xohlasangiz 14 ta nazariy darsdan keyin, xohlasangiz ertaroq amaliy darsni (Praxis Fahrstunde, mashina minishni o'rganish) boshlashingiz mumkin. Ba'zi Fahrschulelar Praxisni boshlashdan oldin qanchadur nazariy darsga qatnashishni majburiy qilib qo'yishadi, misol uchun 123fahrschuleda 10 ta nazariy darsga qatnashganingizdan keyingina amaliy darslarni boshlash mumkin. Boshqa Fahrschuleda boshqacha qoidalar bo'lishi mumkin.

6. Yuqorida nazariy imtihonda qatnashish uchun 14 ta darsga qatnashish majburiy ekanini aytgandim. Mashina minishni tekshiruvchi amaliy imtihonga qatnashish uchun nechta amaliy darsga qatnashish kerak? Bu savolga aniq javob berishni ilojisi yo'q, chunki qonunan hech qanday minimum chegara yo'q. Ya'ni kimdir 5 ta 90 minutlik darsdan keyin zo'r mashina haydashni o'rganib olishi mumkin, kimdir esa 25 ta darsdan keyin ham erkin mashina hayday olmasligi mumkin. Bu albatta sizning qobilyatingizga bog'liq.

7. Ammo amaliy imtihonga borishdan oldin, eng kamida 12 ta Sonderfahrstunden (har biri 45 minut) qilish majburiy hisoblanadi, ya'ni siz haydovchilik guvohnomasini olish uchun, eng kamida 3 martta kechasi (Nachtfahrten), 4 martta Avtobanda va 5 martta Bundes- oder Landstraße (Überlandfahrten) mashina haydab ko'rishingiz kerak bo'ladi. Buni kamaytirishni ilojisi yo'q, qanchalik zo'r mashina haydashingizdan qa'tiy nazar, 12 ta Sonderfahrstunden qilishingiz shart.

8. Endi yana nazariy bilimlarga qaytamiz. 14 ta darsga qatnashdingiz, Germaniyadagi yo'l qoidalarini yaxshilab o'rganib oldingiz, endi navbat Theorieprüfungga(nazariy imtihon). Ba'zi Fahrschule qo'shimcha ravishda sizdan App orqali Prüfungssimulation qilishni talab qiladi, ya'ni siz haqiqiy imtihondan o'ta olasizmi yoki yo'qmi, shuni yaxshiroq bilib olishingiz va shunga qarab qaror qabul qilishingiz uchun. Theorieprüfungda sizga 30 ta savol beriladi. Har bir savol uchun turli xil ball beriladi, ba'zilariga 2 ball, ba'zilariga 3 ball, eng ko'p 5 ball. Siz umumiy tarzda maksimall balldan 10 ball past olishingiz mumkin. Deylik, imtihonda 3 ta 3 ballik savolga javob bera olmadingiz (9 ball kam), lekin imtihondan o'tgan hisoblanasiz. 2 ta uch ballik va 1 ta 5 ballik savolga javob bera olmasangiz (11 ball kam) imtihondan yiqilgan hisoblanasiz. Internetda va Fahrschule beradigan Appda imtihon savollari bo'ladi, 1000 ta savollar bor, shulardan faqat 30 tasi tushadi, shunga nazariy imtihondan o'tish qiyin bo'lmaydi. Imtihon kompyuterda yoki tabletda bo'ladi, oddiy test savollar.

9. Nazariy imtihondan o'tdingiz, endi haydovchilik guvohnomasini olishning eng asosiy bosqichi qoldi - praktische Prüfung (amaliy imtihon, nazariy imtihondan keyin 12 oyni ichida topshirish kerak, aks holda nazariy imtihonni yana topshirishga to'g'ri keladi). Imtihon 45 minut bo'ladi, siz rolda, yoningizda sizga mashina haydashni o'rgatgan ustozingiz, orqa o'rindiqda esa imtihon oluvchi shaxs (imtihonni TÜV/DEKRA ni hodimi oladi). U sizga "uyoqqa yur, buyoqqa yur, u yerdan o'ngga burul, buyerdan chapga qayril" deb buyruq berib turadi, siz uni gaplariga qarab mashinani boshqarishingiz kerak bo'ladi. Agar yo'lda qo'pol xatoga yo'l qo'ysangiz, "mashinani chetga ol" deydi, ya'ni imtihondan o'ta olmagan bo'lasiz. Imtihondan o'tsangiz, sizga o'sha vaqtni o'zida haydovchilik guvohnomasi beriladi.

10. Haydovchilik guvohnomasi olish uchun jarayon qanday kechishini bilib oldik, endi narxlari haqida tanishib olsak. Mashina minishni bilmaydigan odam Führerschein olish uchun qancha xarajat qilishi kerak bo'ladi?

Yuqorida aytib o'tganimdek, narxlar Fahrschuledan Fahrschulega qarab farq qiladi, ba'zi shaharlarda narxlar qimmatroq, ba'zilarida arzonroq. O'rtacha narxlarni hisoblab chiqamiz: