Get Mystery Box with random crypto!

#Haydovchilik_Guvohnomasi Assalomu alaykum hurmatli kanal obu | 𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

#Haydovchilik_Guvohnomasi

Assalomu alaykum hurmatli kanal obunachulari. Oramizda Germaniyadagi har doim kech qolib keladigan jamoat transportlaridan norozilar ko'p bo'lsa kerak. Ishga, o'qishga shoshib ketayotganingda, poezd kech qolsa yoki umuman kelmasa ertalabdan kayfiyat buziladi. Ana shu holatda ko'pchilikda "Tezroq haydovchilik guvohnomasi (Führerschein) olishim kerak" degan hayol o'tgan bo'lsa kerak. Bugun sizlarga Germaniyada qanday qilib haydovchilik guvohnomasi olish mumkinligi haqida ma'lumot bermoqchiman.

Post uch qismdan iborat bo'ladi, birinchi qismida hali umuman haydovchilik guvohnomasi olmaganlar uchun ma'lumot beriladi. Ikkinchi qismida esa O'zbekistonda allaqachon haydovchilik guvohnomasi olib, endi uni nemislarning guvohnomasiga almashtirmoqchi bo'lganlar (umschreiben) uchun ma'lumot berilsa, uchinchi qismida haydovchilik guvohnomasi haqida tez-tez so'rab turiladigan savollarga (FAQ) qo'ldan kelgancha javob berib o'taman.

. Hali haydovchilik guvohnomasi olmaganlar uchun jarayon qanday bo'ladi? O'qish va imtihon umumiy hisobda qancha?

1. Germaniyada haydovchilik guvohnomasi uchun qilinadigan eng birinchi ish bu Fahrschule topish. O'z shahringizdagi Fahrschulelarni qidirib ko'ring, ularni narxlari bilan tanishib, o'zaro taqqoslang. Adashmasam, O'zbekistonda avtomaktablarni narxi unchalik farq qilmaydi lekin Germaniyada Fahrschulelar o'zlari ko'rsatayotgan xizmat uchun, o'zlari ixtiyoriy narx qo'ya oladi. Shuning uchun, Fahrschule bilan shartnoma tuzishdan oldin, har doim uch-to'rtta Fahrschulening narxlarini taqqoslab ko'ring, shunga qarab qaror qiling.

2. Fahrschule topdingiz, endi ular bilan shartnoma tuzish kerak bo'ladi. Shartnomada qaysi Führerschein uchun anmelden bo'lganingiz va Fahrschule sizga taklif qilgan xizmatlari uchun narxlar yozilgan bo'ladi.

3. Shartnomani tuzib, pulini to'lab bo'lganingizdan so'ng o'qishning Theorie (nazariy) qismini boshlasangiz bo'ladi. Agar siz B(B197) pravaga o'qiyotgan bo'lsangiz, umumiy hisobda 14 ta darsga(12 ta Grundstoff va 2 ta Zuzatsstoff) majburiy qatnashishingiz kerak bo'ladi. Darslarga qatnashish uchun bemalol o'zingizga qulay vaqtlarni tanlashingiz mumkin. Ba'zi Fahrschulelar har kuni 3-4 tadan darslar taklif qiladi, ba'zilari esa haftada 3-4 ta. Shuning uchun, shartnoma tuzishdan oldin, Fahrschule qaysi kunlari va qaysi soatlarda dars taklif qilishini yaxshilab bilib oling. Sizda faqat dushanba va seshanba 17-20 oralig'ida vaqt bo'lsayu, lekin Fahrschule faqat chorshanba-Juma dars taklif qilsa, u holda darslarga qatnasha olmasligiz mumkin. Har bir dars 90 minut davom etadi. 14 ta Theorie darsida 14 xil mavzu haqida ma'lumot beriladi, lekin qaysi darslarga qatnashishni o'zingiz hal qilasiz. Ya'ni xohlasangiz 14 ta darsda 14 xil mavzuga qatnashasiz, xohlasangiz bitta mavzuni 12 martta (2 ta Zuzatsstoff majburiy, qolganlari ixtiyoriy) qaytarasiz (bu ahmoqlik, lekin shunaqa qilsa ham bo'ladi). Mavzular shu oddiy mashina minish qonun qoidalari, yo'l belgilari, mashinaning tuzilishi va hkz haqida bo'ladi. Yuqorida aytib o'tganimdek, 12 ta dars faqat "yo'l belgilari" mavzusiga qatnashishingiz ham mumkin, nu har bir mavzuga qatnashishni maslahat berardim.

4. Theorie darslarga borish mobaynida (yoki undan oldin) haydovchilik guvohnomasini olish uchun Straßenverkehrsamtga Ariza (Antrag) topshirishingiz kerak bo'ladi. Buning uchun sizga 3,5 ga 4,5 biometrik rasm, Sehtest (ko'rish qobilyatingizni tekshiradi, Fielmann da bepul qildirsez bo'ladi) va Erste-Hilfe-Kurs-Bescheinigung (Primeros, DRK da qilish mumkin, narxi 40-80€ atrofida) kerak bo'ladi. Ariza topshirish narxi 10€. Arizani o'zingiz topshirsangiz ham bo'ladi, buning uchun Straßenverkehrsamtdan termin olasiz. Yoki Fahrschulega 20-30€ bersangiz, o'zlari siz uchun Arizani topshirib berishadi.