Get Mystery Box with random crypto!

Martin Iden/Realist

Telegram kanalining logotibi uzbeklog — Martin Iden/Realist M
Telegram kanalining logotibi uzbeklog — Martin Iden/Realist
Kanal manzili: @uzbeklog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2022-09-19 21:08:04 ​​Bugun Turkiyaning bilim chinorlaridan biri, jahon shumerologlarining onasi darsimizga kirdi. Muazzaz İlmiya Chig', 108 yoshli professor shumerolog, arxeolog va tarixchi. Garchi darsimiz Qadimgi Dunyo Tarixi fanidan leksiya bo'lsa ham, domlaga bergan savollarimizning…
11 views&&BOOKVAMPER KUNDALİGİ&&, 18:08
Ochish/sharhlash
2022-09-19 21:05:44 ​​XX asr boshlarida Turkiya xuddi oʻsha davrdagi bizning mintaqa kabi dunyoqarashda oʻta qoloq edi. Xuddi bizniki kabi oʻta tor, radikal dunyoqarashli mintaqa qanday qilib qisqa vaqt mobaynida bu qadar zamonaviylashganiga, rivojlanganiga hayron qolardim.

Hozir tarjima qilayotgan kitobim – "Serenad"da shuning asosiy sabablaridan biri keltirilgan ekan. Turkiyani zudlik bilan dunyoviy davlatga aylantirish maqsadida boʻlgan Otaturkning bunda xizmati beqiyos. Germaniyada fashistik partiya hokimiyat tepasiga kelgach yahudiylarga bosim kuchayadi. Yahudiylarni himoya qilish jamiyati faxriy prezidenti Albert Eynshteyn esa Mustafo Kamol Otaturkka xat yozib, yahudiy olimlarni Turkiyaga qabul qilishni, ularning ilmiy va tibbiy tadqiqotlarini amalga oshirish uchun sharoit yaratib berishni, buning evaziga ular Turkiya hukumati uchun maoshsiz ishlab berishini aytadi. Oʻsha paytdagi hukumat a'zolari bunga rad javob berganiga qaramay Otaturk yahudiy olimlariga Turkiya eshiklarini lang ochadi. Va aynan oʻsha olimlar bugungi zamonaviy Turkiyaning mustahkam tamalini qoʻyishadi. Zamonaviy oliy taʼlim, iqtisod, tibbiyot, deyarli barcha sohada yahudiy olimlar asosiy ba'zani yaratishgan va yuzlab shogirdlar tayyorlashgan.

Bitta yuqoridagi postda soʻz ketgan olima ham Otaturk davrida tahsil olgan.
Otaturkgacha Turkiyada ayollar hatto oliy taʼlim olishi ham mumkin boʻlmagan.
Diniy dunyoqarashda qolib ketgan qoloq xalq ularda islohot yoʻli bilan zamonaviylashtirilgan boʻlsa, bizda ruslarning bosqinchilik siyosatidan keyin bu qon bilan amalga oshirildi. Diniy dunyoqarash faqat oʻz axloqingiz va oxiratingiz uchun xizmat qilsagina yaxshi, ammo hammaga shu jihatdan baho berib, shuni talab qila boshlagach bu jamiyatni faqat va faqat orqaga tortadi. Aslıda bizdagi jadidlarni faqat qatagʻon qilingani haqida gapiravermasdan, bunday bir asarlarini oʻqib koʻrsangiz, hayotiga nazar solsangiz ular sovetlardan koʻra koʻproq mahalliy mullalarga qarshi kurashishgan, oʻzimizning koʻrmuridlardan koʻproq jabr koʻrishgan.

Ongli e'tiqod va jaholat orasi bir qadam. Jaholatdan esa faqat ilm bilan chiqish mumkin. Iltimos, koʻproq kitob oʻqing. Jahon adabiyotidan oʻqing. Dunyoqarashni kengaytiring. Hech narsaga va hech kimga diniy yoki mentalitet jihatdan yondashmang. Fikrlang. Tolerant boʻling. Oʻz ixtiyori bilan johillikka qarab ketayotgan jamiyatda oʻz soʻzingizga ega boʻling, oʻz maqsadlaringizga ega boʻling. Jamiyatga hozir keng dunyoqarashlilar har doimgidan koʻra koʻproq kerak.

@salimov_blogi
10 views&&BOOKVAMPER KUNDALİGİ&&, 18:05
Ochish/sharhlash
2022-09-19 21:05:44 ​​Bugun Turkiyaning bilim chinorlaridan biri, jahon shumerologlarining onasi darsimizga kirdi. Muazzaz İlmiya Chig', 108 yoshli professor shumerolog, arxeolog va tarixchi.
Garchi darsimiz Qadimgi Dunyo Tarixi fanidan leksiya bo'lsa ham, domlaga bergan savollarimizning bari hayot haqida bo'ldi. Bu chinordek o'ychan, ilm dunyosining tirik obidasi bilan faqat hayot haqida gaplashdik...
Bizga nevaralarim, deb javob berdilar.
Otaturk avval xotin-qizlar o'qishi mumkin bo'lmagan Maktabi Lisoni Oliyani Til-Tarix fakulteti o'laroq Anqara universitetiga qo'shganini, endi u yerda qizlarning ham o'qishi mumkinligini eshitib, qishlog'imdan yo'lga tushdim. Fransuz tili va adabiyoti o'qimoqchi edim. Biroq, kechikdim. Ular faqat shumer tili va tarixi bo'limidagina joy qolganini aytishdi. O'qidim...

Shu bilan Muazzaz, navqiron respublikaning navnihol qizi dunyodagi ilk shumerologlardan biriga aylandi. Keyinchalik Oksford va Kembrijda o'qidi, qadimgi shumer, hett tillarini ilk bor tarjima qildi, qadimgi xalqlar madaniyati bo'yicha yuzlab kashfiyotlar qildi...
Bugun esa bizga darsga kirdi. Umr haqidagi ikki soatlik darsda shuni tushundikki, insonning qancha yashashi uncha muhim emas ekan. Asosiysi, bu qisqa hayotda qanday yashash.
108 yillik hayot, 108 yillik tarix... Rasmga tushishni yoqtirishmas ekan, afsuski. Hamon darslarga kirayotganlari esa chindan mo'jiza.

Otaturk, sekulyarizmning ahamiyati, qadimgi va hozirgi jamiyatlar orasidagi farqlar haqida gaplasha turib, bir surbetroq savol berdik: hamon yashashni istaysizmi?
Domlaning javobi esa shu bo'ldi: Men charchadim, bolam...
9 views&&BOOKVAMPER KUNDALİGİ&&, 18:05
Ochish/sharhlash
2022-09-19 21:02:48 Dunyodagi eng zaif tuyg'u bu ishonch bo'lsa kerak, bir marta yo'qotsang qaytib topolmaysan
7 views&&BOOKVAMPER KUNDALİGİ&&, 18:02
Ochish/sharhlash
2022-09-19 20:46:30 сен билан отказган кунларим
бугун азoб бермокда!!!

@statuslar9
7 views&&BOOKVAMPER KUNDALİGİ&&, 17:46
Ochish/sharhlash
2022-09-19 20:33:49 Танқидий ва таҳлилий дунёқараш (ctirical thinking) шаклланмаган одамлар дунёни оқ ва қора кўришади. Уларнинг мияси мураккабликни қабул қилолмаганлиги учун хоҳлаган жараённи иккига бўлиб ташлаш ёки умумийлаштириш улар учун осон. Мия қийналмайди, шунчаки бу оқ, у қора. Ёки шунчаки бу яхши, у ёмон.

Бунақа одамлар конспирологияга ҳам ўч бўлишади. Қанақадир ҳодисани сабаблари ва мураккабликларини қийналиб тушунгандан кўра, уни орқасида кимдир тургани ва ўша ҳал қилганини мияга сингдириш осонроқ. Уларнинг мияси ёшликдан шунга мосланган, ўқиган китоби, кўрган киноси, дарс берган устози ҳам уларни шунга мослаштирган. Энди уларни ўзгартириш қийин жараён.

Улар учун хоҳлаган ҳодисанинг орқасида кимдир туради. Байден, Путин, Хитой, масонлар, Эрдоган, яхудийлар ёки дунёнинг яширин ҳукумдорлари ва бошқалар.

Бунақа инсонларнинг мухлиси (подписчиги) ҳам кўп бўлади. Чунки мухлиснинг кимга мухлисиги унинг даражасини кўрсатади. У мухлис мураккаброқ тушунча берадиган инсонни тушунмайди. Унга ўша чойхона даражасидаги АНАЛитик керак. Ўша учун ҳам айнан уни кузатади.


Мана шунақа инсонлар юз минглаб мухлис йиғиб, хоҳ Украина масаласи, хоҳ бошқа жамият ва мамлакат муаммосида инсонларни чалғитаётгани аламли. Лекин, нима қиламиз, бизнинг АНАЛитикларимиз ҳам ўзимизга хос ва ўзимизга мос.https://t.me/Uzbeklog
9 views&&BOOKVAMPER KUNDALİGİ&&, 17:33
Ochish/sharhlash
2022-09-19 17:40:51 Bizni xayollarimiz boshqaradi , agar ularga ega chiqsak , bizni yengib bo'lmay qoladi.
9 views&&BOOKVAMPER KUNDALİGİ&&, 14:40
Ochish/sharhlash
2022-09-19 17:39:18 Musulmonlarni tiz cho'ktirgan ishonch bu - oxiratga bo'lgan ishonch, o'z vaqtida ushbu ishonch orqali musulmonlar dunyoni yarmini egallay olgandi ; hozir esa o'z xotiniga ham egalik qila olmayapti . NE AJAB HOL BO'LDI BU!!!
8 views&&BOOKVAMPER KUNDALİGİ&&, 14:39
Ochish/sharhlash
2022-09-19 17:32:27 Hech qachon taslim bo'lma! Oxirigacha sharmanda bo'l) @salimov_blogi
8 views&&BOOKVAMPER KUNDALİGİ&&, edited  14:32
Ochish/sharhlash
2022-09-12 05:20:54 Odamlarning yomon gumonlari seni ranjitmasin!

Bir bolani eslaysanmi? Katta bo‘lgach nasroniy ruhoniylari bilan yuzlab oshkora munozaralar o‘tkazgan va birortasida ham yengilmagan bolani?!

U o‘n minglab insonlarning Islomga kirishiga sabab bo‘ldi.

Qaysi G‘arb davlatiga bormasin, muxoliflari uning tashrifini eshitib doim hayiqishdi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sha’nlariga yomon so‘z aytgan amerikalik yevangelist Jimmi Svaggert bilan bahslashdi va oxiri Jimmi Svaggert uzr so‘radi.

U Vatikan papasini dunyo ko‘z o‘ngida munozara qilishga chaqirdi. Papa rozi bo‘lmadi.

Uni turlicha atashadi: «Da’vat chavandozi», «Janubiy Afrika arsloni», «Bahschilar shayxi», «Bahslar faqihi», «Islomning ingliz hujjati»...

Senga esa u «Ahmad Diydot» nomi bilan tanish.

Bu kishi umrining so‘nggi 9 yilini xasta holda to‘shakda o‘tkazdi. Ayyub alayhissalomga dard bergan Zotni tanimaganlar buni «unga berilgan jazo» deyishdi.

Do‘stim, odamlar kamdan-kam holdagina to‘g‘ri baholay oladilar. Ularning gaplari seni ranjitmasin!
Sen tuhmatchilarga ayt: «Alloh biladi, sizlar bilmaysizlar».

«Do‘stimga maktub» risolasidan.

@Muhammadoshiq
16 views&&BOOKVAMPER KUNDALİGİ&&, 02:20
Ochish/sharhlash