Get Mystery Box with random crypto!

Martin Iden/Realist

Telegram kanalining logotibi uzbeklog — Martin Iden/Realist M
Telegram kanalining logotibi uzbeklog — Martin Iden/Realist
Kanal manzili: @uzbeklog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-03-26 20:31:45 “Propagandani birinchi qurboni - propagandani ishlab chiqaradiganlar” degan gapni ko’pchilik biladi. Lekin istisnosiz barcha propagandani ishlab chiqaruvchilar, har gal bir xato qilishadi - “bizga bu narsa taaluqli emas” deb o’ylashadi.

Boshqalar bu xatoga giriftor bo’lganini tan olishsa ham, ularga kelganda boshqacha bo’ladi deb o’ylashadi.
12 viewsJASUR ABDUGAFFAROV, 17:31
Ochish/sharhlash
2023-03-26 08:52:23 ​​Har bahorda shu boʻlar takror!

​​Har yili Ramazon oyida shu narsa avj oladi. Ahmoqlikning oliy namunasi. Kap-katta go'rso'xta erkaklar shuni erinmay yozib osib chiqishadi, boshqa go'rso'xtalar guruh-u kanallarga tarqatib yurishadi xuddi zo'r ish qilayotganday. Ey nafsning bandasi, sening hirsing hayvonnikidak bo'lsa xotin-qizlarda nima ayb? Onging yo'qmi? Bu xuddi "bolalar qo'li yetadigan joyga qo'yilmasin" ogohlantirishi kabi. Qizlar, bunaqalarning sizga ko'zi tushsa tahorati buzilib ro'zasi ochilib qolarkan. O'rgildim bunaqa iymoningdan. Shu o'rinda Majnun haqida bir rivoyat :

Bir kuni Majnun xayol bilan yurarkan, sahroda namoz o'qib o'tirgan odamning oldidan o'tibdi. Uning jahli chiqib o'dag'aylabdi:
– Ey devona, shuncha joy turib oldimdan o'tasanmi? Ko'rmayapsanmi namoz o'qiyapman?
Majnun javob beribdi:
– Men bir Laylining ishqida seni ko'rmay qolibman, sen Allohning ishqida bo'la turib meni qanday payqading?..

@salimov_blogi
3 viewsJASUR ABDUGAFFAROV, 05:52
Ochish/sharhlash
2023-03-24 06:49:14 Aleksandr Belyayevning "Professor Douellning boshi" asarining g‘oyasi olingan tajribalardan biri.
Bu kitobni realistikmas fantastik deb atashimizga yagona sabab asarda it emas odamning boshidan foydalanilganligi bo‘lsa kerak.

Ogohlantirish: Ko‘ngli bo‘sh, ta'sirchan va voyaga yetmagan shaxslarga ushbu videoni ko'rish tavsiya etilmaydi!

@kitobxonyigit
3 viewsJASUR ABDUGAFFAROV, 03:49
Ochish/sharhlash
2023-03-24 06:49:14 Safarda tinglash uchun juda qiziq suhbat.

Suhbat 3 soatlik, lekin safarda bo’lsangiz qanday o’tib ketganini bilmay qolasiz.

Tavsiya qilaman.



3 viewsJASUR ABDUGAFFAROV, 03:49
Ochish/sharhlash
2023-03-22 12:27:17 Masalan, Alisher Navoiy bizga hech qanaqasiga bobo kalon boʻlolmaydi. Chunki u uylanmagan. Biz ajdodlarimiz deb koʻkrak keradigan yana bir qancha allomalarimizda ham shu hol. Yaʼni ularning super-muper genlari oʻzlari bilan birga goʻrga kirgan. Hozirgi xomkallalarning ularga zarra qadar bogʻliqligi yoʻq.
10 viewsJASUR ABDUGAFFAROV, 09:27
Ochish/sharhlash
2023-02-22 06:29:35 O’tgan yili shu kunlarda urush hademay boshlanadi deb o’tirgan edim.

O’tgan yili shu paytda yozgan postlarimni o’zimga o’qish qiziq bo’lyapti. O’sha paytda kelajak qanday bo’lishini bilmasdan yozgan edim - kelajakni bilmasdan qanday fikrlaganimni eslamoqdaman.

O’sha paytda bir xil narsalarni aniq bilmagan edim.

Rus qo’mondonlari 24 fevral kuni bir to’da Rosgvardiyachilarni paradda yuradigan kiyimlari bilan birga yaxshi himoyalanmagan avtomobillarda, yoqilg’isiz, Kyivni zabt etishga yuborishini normal deb o’ylashlarini.

Rosgvardiyachilar Moskva va katta shahar markazlarida huquq himoyachilarini qo’llarini qayirib avtozaklarga tiqishni bilshadigan millitsiyaviy tuzilma edi. Yaxshi qurollangan regulyar armiyaga qarshi, Oliy iqtisodiyot maktabida o’qiydigan student qizlarni qamash bilan shug’ullanadigan odamlarni yengil qurollar bilan yuborishini tasavvur qilmagan edim. Ular haqiqiy harbiylarga qarshi umuman kurashishni bilmaydigan guruhlar edi va birinchi kuni yonib ketishdi.

Xuddi shunday, himoyalanishi zaif bo’lgan vertolyotlarda, Ruslar o’z desant qo’shinlarini - Kyiv yonidagi aerodromga yuborishi ham kutilmagan edi. Desant qo’shinlari, xuddi gvardiyaga o’xshagan kvazipolitsiya kuchlari. Yengil qurollangan bu qo’shin, o’zi haqida afsonalarni yozda hiyobonlarda ochki kiygan talaba yigitlarni boshiga pivoni butilkasi bilan urish orqali va o’tib ketayotgan qizlarga tegajonlik qilib yaratib olishgan.

Ha, desant rus armiyasini “elitar” qo’shinlari. Lekin ular aynan politsiyaviy operatsiyalar uchun ishlatiladigan va ishlashni biladigan qo’shin. Ular o’ta yengil qurollangan va regulyar urush uchun umuman to’g’ri kemaydigan qo’shin turi. Masalan, sobiq Afg’oniston prezidentini qarorgohiga kirib uni o’ldira olishar edi. Yoki Praga aeroportidagi bir nechta qorovulni o’ldirib, aeroportni ushlab turish uchun ularni ishlatishgan. Yoki hech qanday harbiylar qarshilik ko’rsatmaydigan Qrim mamuriyati binolarini egallash uchun yaxshi vosita bo’lishi mumkin edilar. Xuddi shunday, Qozog’istondagi to’polonlarni tinchlanitirish uchun ishlatilishgan. Bular hammasi politsiyaviy operatsiyalar. Lekin politsiyaviy operatsiyalar bilan harbiy operatsiyalar mutlaq farq qiladi: harbiylarda haqiqiy, normal og’ir qurollar bor. Ukrainalik regulyar harbiylar ham, o’sha Gostomeldagi desantni bemalol qirgani natijasida, bugunga kelib, eng kamida, rus desantini yarimi kurash uchun yaroqli emas. Shuni albatta kutmagan edim va tasavvur qilmagan edim. O’z raqiblarini shunchalik kamsitib, o’zlarini shu darajada zo’r deb o’ylashadi deb o’ylamagan edim. Urushni politsiyaviy “tinchlantirish” opertatisyasidek o’ylashgan.

Xuddi shunday, Chechen rosgvardiyachilari ham urushga borib, bilib turib, qirilib ketishiga ishonish qiyin edi. Axir Chechnyada juda kichik bo’lgan va deyarli qurollanmagan siyosiy raqobatchilar yoki terror guruhlarga qarshi operatsiya qilgan chechen rosgvardiyasi, tabiiyki regulyar armiyaning og’ir qurollangan moto-o’qchilarlarni oldida ip esha olmay qoladi. Hozir chechenlar deyarli urushmayotgani, ular to’g’ri xulosa qilganidan dalolat deb o’ylayapman.

O’ylab qarasak, desant va rosgvradiya qo’shinlari haqiqiy regulyar armiyaga qarshi umuman kurashishga yuborish ularni atayin o’ldirib yuborishga o’xshagan harakatga o’xshaydi. Lekin menimcha, rus qo’mondonlarini katta xatosi, o’zlarini armiya haqidagi propagandasiga, o’zlari ishonib qolishganida edi. Ya’ni rus qurolli kuchlari urush qila olmasliklarini eng kamida o’sha qo’mondonlari ham bilmagan ekan. Chunki ularni urushni boshida qilgan hatti harakatlarini boshqacha tushuntirish mumkin emas.

Boshqa tarafdan, bu takkaburlikni yaxshi taraflari shunday iboratki, Ukrain askarlari - vatan himoyachi va qahramonlari, quruqlikdagi dunyoni eng katta armiyasini eng “elitar” qo’shinlarini bir necha haftada tor-mor qilib tashlashdi. Shu narsa urushni qanday kechishi uchun o’ta muhim edi. Ayniqsa psixologik nuqtai nazardan.
5 viewsJASUR ABDUGAFFAROV, 03:29
Ochish/sharhlash
2023-02-17 14:03:35 Bugungi yoshlar va hatto kattalarning ham koʻpchiligi uchun asosiy maʼlumot manbasi internet olami boʻlib turibdi. Internetda esa qoʻyib bersang hamma aqlli. Shunday ekan, ahmoqlarni tinglab, oʻqib vaqtni uvol qilib qoʻymasligingiz, yoki undan ham yomonrogʻi, ularga oʻxshab qolmasligingiz uchun bir-ikkita lifehack beraman. Bu sodda, samarali usul orqali tezda kishining aqliy salohiyatini, fikrlash darajasini, dunyoqarashini, bilimini bilib olasiz.

1. Keraksiz oʻrinda -lik qoʻshimchasini qoʻshib ishlatadiganlar 99.9 % holatlarda gʻirt ahmoq boʻladi. Bu xoh ogʻzaki nutq boʻlsin, xoh yozma. Masalan, "kelish" emas "kelishlik", "qilish" emas "qilishlik", "borish" emas "borishligimiz" shaklida qoʻllaydiganlarning miyasi boʻm-boʻsh. Fikrlash qobiliyatiga ega emas. Bundaylar bilan har qanday suhbatdan qochish kerak. Bahslashgandan-ku umuman foyda yoʻq.

2. Tugʻilgan kun bilan tabriklaganda "shukrona kuning bilan", yoki "ummat boʻlgan kuning bilan" kabi jumlalarni qoʻllaydiganlar ham shular jumlasidan. Faqat ular hali ahmoqlik ummoniga chuqur kalla tashlashmagan. Asosan bilib bilmay, boshqalarga taqlid qilib, shunaqasi urf boʻlgani uchun yozishadi. Fundamental bilimi va fikrlash, analiz qobiliyati yoʻqligi uchun qoʻyib bersangiz ular ham birinchi punktdagilar taʼsiriga tushib, ularga oʻxshab qolishi tayin.

3. Har juma "juma muborak" degan tabriklarni guruhu kanallarga, yoki sizga yuboradiganlar.

Mana shu uch toifaga xos belgilarni koʻrsangiz u odamni tinglashdan, oʻqishdan, hamsuhbat boʻlishdan uzoq turing. Jaloliddin Rumiy, inson yonidagilarga oʻxshab boradi, deydi. Pashsha goʻngga, asalari gulzorga olib boradi. Oʻqiydiganlaringiz va eshitadiganlaringiz shaxsiyatingizni shakllantiradi. Diqqatli boʻling.

P.s
Shu belgilar oʻzingizda yoʻq degan yaxshi gumondaman)

@salimov_blogi
8 viewsJASUR ABDUGAFFAROV, 11:03
Ochish/sharhlash
2023-02-16 11:35:37 Bir motam ko'rgan, ulkan pandemiya ichida 2 yillab yashagan, birinchi online maktabda o'qib, davlat imtihonini topshirmay 10-sinfga o'tgan 9-sinflarga havas qilgan, ertalab erta uyg'onishga erinib, joyini televizorni tagiga solib yotgan yokida ayasi hay-haylagani uchun ko'rpa yostig'i bilan ertalab uyqusirab borib, televizordan "tezroq tugasaydi" deb uyqusirab-uyqusirab ustozlarni darsini tinglagan, maktab ochilganidan keyin tanaffusda antiseptik vositalari bilan "suv separi" o'ynagan, birinchi marta elektron kundalik ishlatib ko'rgan va shundan keyin ancha vaqt qog'oz kundaligiga faxrlanib qo'ydiradigan to'p-to'p beshlaridan voz kecholmay yurgan, har xil telegram kanallarga chiqarish uchun majburiy-ixtiyoriy ravishda "Karantin qoidalariga rioya qilyapman" mavzusida yokida o'zi ham asl mazmunini tushunmay apil-tapil yozgan she'rlarini o'qib video qilgan, ko'plab siyosatga doir urushlar xabarini eshitgan, haligacha eshitib turgan, butun bir jamiyat tortishayotgan mavzu - kamalaklilar nimayu, feminizm nima ekanligini haligacha bilolmay, nega shuncha katta muammolar turganda shunday mavzular ustidan tortishishayotganini tushunmay yurgan, birinchilardan bo'lib, pasport emas ID card olgan, qizil attestat olaman deb yurib oddiygina kseriya yokida elektron attestat olgan, eng zo'r IT'ishniklar chiqargan, va hali o'smirlik yoshiga yetmasdan turib "surish" g'oyasini miyasiga singdirgan avlodmiz biz.
6 viewsJASUR ABDUGAFFAROV, 08:35
Ochish/sharhlash
2023-02-16 11:04:25 Ayla Çelik - Bağdat (Beyazıt Öztürk Düet Versiyon)
6 viewsJASUR ABDUGAFFAROV, edited  08:04
Ochish/sharhlash
2023-02-15 10:42:21 O'rmonni zir titratgan qoplon Seni ham yutar bir kuni o'rmon.
Bo'lma qancha qudrat egasi
Ajal sendan pahlavon chandon.
4 viewsJASUR ABDUGAFFAROV, 07:42
Ochish/sharhlash