Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston 24

Telegram kanalining logotibi uzbekiston24 — O‘zbekiston 24 O
Kanaldagi mavzular:
Ogoh
Daxshat
Тезкор
Diqqat
Telegram kanalining logotibi uzbekiston24 — O‘zbekiston 24
Kanaldagi mavzular:
Ogoh
Daxshat
Тезкор
Diqqat
Kanal manzili: @uzbekiston24
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 51.27K
Kanalning ta’rifi

✅ «O‘zbekiston 24» kanaliga xush kelibsiz!
⚡️𝐅𝐚𝐪𝐚𝐭 𝐲𝐚𝐧𝐠𝐢 𝐦𝐚𝐯𝐳𝐮𝐥𝐚𝐫!
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi 👀
bizga yuboring 👉 @Aloqauzbot
💰𝑹𝒆𝒌𝒍𝒂𝒎𝒂 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏: @U24admin

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 4

2024-02-27 15:47:01
Zoyir Mirzayev telefondan voz kechgan maktabga 300 mln so‘m berishga va’da qildi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev o‘qituvchilari va o‘quvchilari telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti berishini ma’lum qildi. Bu haqda hokim Chirchiq shahridagi ta’lim kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Viloyat hokimi viloyatda «Telefonsiz maktab» tashabbusi ilgari surilishini qayd etgan. Shuningdek, oliy ta’lim sohasida yaxshi natija ko‘rsatgan uchta tuman – Nurafshon, Angren va Ohangaron tumanlari xalq ta’limi bo‘limlariga 12 million so‘mdan mukofot puli ajratilgan.

@Uzbekiston24
15.4K views12:47
Ochish/sharhlash
2024-02-27 13:02:31
Qashqadaryoda metan uchun hosil bo‘lgan bir necha kilometrlik navbat

@Uzbekiston24
16.7K views10:02
Ochish/sharhlash
2024-01-12 19:15:37
Prezident Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi

Majlisda mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash, qo‘shinlarning harbiy tayyorgarligini oshirish hamda harbiy ilm-fanni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Oliy Bosh Qo‘mondon jangovar tayyorgarlik tizimini innovatsion va ilmiy yondashuvlar asosida yanada takomillashtirish, axborot almashinuvi va qarorlar qabul qilish bo‘yicha zamonaviy harbiy va ilmiy ishlanmalarni amalga keng joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

@Uzbekiston24
12.6K views16:15
Ochish/sharhlash
2023-12-11 06:06:26
Bugun kunning ikkinchi yarmida O‘zbekistonning ko‘plab hududlarda qor yog‘adi.

@Uzbekiston24
12.8K views03:06
Ochish/sharhlash
2023-12-10 20:25:58
Bryanskdagi maktabda otishma uyushtirgan qizning otasi 2 oyga qamaldi

Erkak qizini muntazam ravishda kamsitgan, tahdid qilgan va shafqatsiz muomala qilgan. U o‘qotar qurolni ehtiyotsiz saqlash va voyaga yetmaganni o‘z joniga qasd qilishga undashda ayblanmoqda.

Bryanskdagi otishmada bir o‘quvchi halok bo‘lgandi, besh bola yaralangandi. Otishma uyushtirgan qiz esa o‘z joniga qasd qilgan

@Uzbekiston24
13.0K views17:25
Ochish/sharhlash
2023-12-10 19:13:37
Kecha Turkiyaning Bursa shahrida sodir bo'lgan 2 zilziladan so'ng, ko'plab nuqtalarda yorug'lik nurlari paydo bo'lgan.

@Uzbekiston24
12.6K views16:13
Ochish/sharhlash
2023-12-10 17:12:14
Ertaga butun O‘zbekistonda qor yog‘ishi kutilmoqda

Havo harorati kechasi -10° gacha tushadi, kunduzi +5° gacha yetadi. Janubda +13° gacha iliq bo‘ladi.

@Uzbekiston24
14.2K views14:12
Ochish/sharhlash
2023-12-10 16:11:14 Britaniya harbiy razvedkasi kundalik hisobotida aytilishicha, Rossiya armiyasi Ukrainaning energetika infratuzilmasini buzishga qaratilgan kelishilgan kampaniyani boshlagan ko‘rinadi.

Gap 7-dekabrga o‘tar kechasi Kiyev va Ukrainaning markaziy qismiga uyushtirilgan hujumlar haqida ketmoqda, bu vaqtda Rossiya og‘ir bombardimonchi samolyotlardan foydalangan.

Hammasi bo'lib kamida 16 ta havodan uchiriladigan qanotli raketalar uchirilgan. Bu katta ehtimol bilan AS-23a KODIAK raketalari bo'lgan va Rossiya qishki kampaniyada foydalanish uchun bu raketalarni deyarli zaxiraga qo'ygan, deb hisoblaydi britaniyalik harbiy tahlilchilar.

Raketalarning aksariyati Ukraina havo mudofaasi tomonidan muvaffaqiyatli tutib olindi, deyiladi hisobotda.

@Uzbekiston24
12.8K views13:11
Ochish/sharhlash
2023-12-08 11:46:01
Ayni vaqtlarda "Qamchiq" dovonida qor yog‘moqda

Dovon yo‘lidan o‘tuvchi haydovchilardan oraliq masofani saqlab, tezlikni me’yordan oshirmasdan, qoidalarga rioya qilgan holda harakatlanishlarini so‘ralmoqda.

@Uzbekiston24
12.7K views08:46
Ochish/sharhlash
2023-10-11 10:02:00 Andijon davlat universitetida 39,3 milliard so‘m miqdoridagi naqd pul talon-toroj qilingan. Bu haqda Hisob palatasining yagona "Masofaviy nazorat" markazi tahlilida keltirildi.

Bunda quyidagi holatlarda pul mablag‘lari o‘zlashtirib olingan:

Kontrakt mablag‘lari hisobidan stipendiyasiz shaklda tahsil olgan 8 ming 761 nafar talabaga 25,1 milliard so‘m ortiqcha stipendiya hisoblanib, to‘lov qaydnomalari soxtalashtirilgan;

Talabalar tomonidan to‘langan 9,3 milliard so‘m to‘lov-kontrakt summalari universitet hisob raqamiga kirim qilinmagan;

Talabalarga hisoblangan 2,7 milliard so‘m rag‘batlantirish mablag‘lari tarqatilmasdan, ularning imzolari soxtalashtirilgan;

Budjet mablag‘lari hisobidan 2 ming 226 nafar talabaga bitta davr uchun ikki martadan 1,1 milliard so‘m ortiqcha hisoblangan stipendiya o‘zlashtirilgan;

Talabalar yotoqxona ijarasidan tushgan 911,8 million so‘mlik naqd pullar universitet hisob raqamiga kirim qilinmasdan noqonuniy o‘zlashtirilgan;

Universitetga xizmat uyi xarid qilish uchun jismoniy shaxs bilan 2,5 milliard so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzib, shundan 300 million so‘mi noto‘g‘ri o‘tkazilgan.

Tekshirish yakuni bilan rasmiylashtirilgan hujjatlar to‘plami huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgani ma’lum qilindi.

@Uzbekiston24
12.8K views07:02
Ochish/sharhlash