Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston 24

Telegram kanalining logotibi uzbekiston24 — O‘zbekiston 24 O
Kanaldagi mavzular:
Ogoh
Daxshat
Тезкор
Diqqat
Telegram kanalining logotibi uzbekiston24 — O‘zbekiston 24
Kanaldagi mavzular:
Ogoh
Daxshat
Тезкор
Diqqat
Kanal manzili: @uzbekiston24
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 51.27K
Kanalning ta’rifi

✅ «O‘zbekiston 24» kanaliga xush kelibsiz!
⚡️𝐅𝐚𝐪𝐚𝐭 𝐲𝐚𝐧𝐠𝐢 𝐦𝐚𝐯𝐳𝐮𝐥𝐚𝐫!
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi 👀
bizga yuboring 👉 @Aloqauzbot
💰𝑹𝒆𝒌𝒍𝒂𝒎𝒂 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏: @U24admin

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 6

2023-06-14 14:25:27
«Bugun energiyaga bo'lgan ehtiyojimiz to'la qondirilmagan. Shu bois chekka qishloqlarda yashil energetikani rivojlantirish, ularni o'rnatadigan tadbirkorolarga imtiyozlar berishni taklif qilyapmiz», — O'zbekiston prezidentligiga O'zbekiston Ekologik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Abdushukur Hamzayev.

@Uzbekiston24
4.1K views11:25
Ochish/sharhlash
2023-06-14 13:14:15
Jizzaxdagi 7 qavatli binoda yong'in sodir bo'ldi

Yong'inni o'chirishga 5 ta yong'in-qutqaruv bo'linmalari jalb etilgan.

@Uzbekiston24
7.8K views10:14
Ochish/sharhlash
2023-06-14 12:30:55
Xorazmda fuqarodan erkin yurishi uchun pul undirgan shaxslar qo'lga olindi

IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi xabariga ko'ra, 38 yoshli I.U. huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilib, 36 yoshli M.B. va 30 yoshli M.E ga nisbatan chora ko'rishni so'ragan.

Maʻlum bo'lishicha, ikki fuqaro undan "ko'chada tinch yurishi" uchun pul talab qilgan, aks holda ular arizachining mulkiga zarar etkazish yoki uni berishga majburlash bilan tahdid qilishgan.
Jabrlanuvchi ularga 2022-yil dekabr oyidan 2023-yil fevraligacha 58 million so'm to'lab berganiga qaramay, uni tinch qo'ymasliklarini, transport vositasini olib qo'yishlarini aytib, undan yana 10 ming dollar talab qilishgan.

Mazkur ariza asosida tezkor tadbir o'tkazilib, fuqarolar M.B. va M.E. arizachidan kerakli summani olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Gurlan tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan M.B. va M.E.larga nisbatan JKning 165-moddasi 2-qismi "b,v" bandlari (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, ushbu shaxslarga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

@Uzbekiston24
8.6K views09:30
Ochish/sharhlash
2023-06-14 11:48:26
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» multimodal transport yo‘lagi orqali Toshkentga 30 ta konteynerdan iborat blok poyezdi yo‘lga chiqdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Sian shahrida bo‘lib o‘tgan «Xitoy – Markaziy Osiyo» sammiti doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida «Zhejiang Union of Railway Logistics» kompaniyasi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va «Qirg‘iz temir yo‘li» milliy kompaniyasi davlat korxonasi hamkorligida Landjou stansiyasidan Toshkentga 30 ta konteynerdan iborat blok poyezdi harakati yo‘lga qo‘yilgan.

«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» transport yo‘lagi bo‘ylab yuk tashishni rag‘batlantirish maqsadida ilk sinov poyezdi harakatiga 9 iyun kuni start berilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tarkibida quyosh panellari, mexanik jihozlar, matolar va boshqa yuklar bo‘lgan umumiy qiymati 2,5 mln AQSh dollarini tashkil etuvchi yuk poyezdi Xitoyning Landjou shahridan Toshkentga 15 kunda yetib kelishi belgilangan.

@Uzbekiston24
9.6K views08:48
Ochish/sharhlash
2023-06-14 10:26:32
Chilonzordagi sexda yuz bergan portlash oqibatida 6 kishi jarohat oldi FVV matbuot xizmati xabar berishicha, 14-iyun kuni soat 09:50 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Astrobod ko‘chasida joylashgan mis quvurlari ishlab chiqarish sexining bir qavatli bostirmasi…
10.7K views07:26
Ochish/sharhlash
2023-06-14 10:00:15
Chimkentda dahshatli YTH yuz berdi

Ikkinchi bo‘lak bo‘ylab harakatlanayotgan Mercedes Benz, Olmaota shossesiga chiqib ketib, Toyota Samry va Opel Vectra avtomobillari bilan to‘qnashdi

Uch haydovchi va to‘rt nafar yo‘lovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Qurbonlar yo‘q. Mercedes Benz butunlay yonib ketgan.

Sputnik Qozog‘iston

@Uzbekiston24
11.1K views07:00
Ochish/sharhlash
2023-06-14 09:12:03 Chilonzordagi sexda yuz bergan portlash oqibatida 6 kishi jarohat oldi

FVV matbuot xizmati xabar berishicha, 14-iyun kuni soat 09:50 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Astrobod ko‘chasida joylashgan mis quvurlari ishlab chiqarish sexining bir qavatli bostirmasi (angar)da havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.

@Uzbekiston24
11.7K views06:12
Ochish/sharhlash
2023-06-14 08:49:50
Qozog'istonning Mangistau viloyatida 6 kundirki gaz qudug'i yonmoqda

Yong'in “Qoraturun janubiy” neft-gaz konida burg'ulash vaqtida boshlangan.

Quduqda diametri 15 metr, chuqurligi 3 metrgacha bo'lgan krater hosil bo'lgan.

Mutaxassislar uni burg'ulash aralashtirmasi bilan to'ldirishni yoki yonboshdan qo'shimcha yo'l ochishni taklif qilishyapti.

@Uzbekiston24
12.0K views05:49
Ochish/sharhlash
2023-06-14 06:55:17
Bog'chaga kirgan kim?

Tarbiyachi xonani ko'zdan kechirayotganida begona erkakni ko'rib qolgan

@Uzbekiston24
13.2K views03:55
Ochish/sharhlash
2023-06-14 06:05:07 Qirg‘izistonda MDH davlatlarida qidiruvga berilgan shaxslarni tanib olish tizimi ishga tushirildi. Bu haqda "24 kg" mamlakat Ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar bermoqda. Tizim 2-iyundan ishlay boshlagan, biroq IIV bu haqda endigina ma’lum qildi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, dastlabki 10 kun ichida kuzatuv kameralari davlatlararo qidiruvda bo‘lgan 57 nafar shaxsni aniqlagan. Ular asosan Qirg‘iziston fuqarolari. Ular ma’lumotlar bazalari bo‘yicha tekshirilib, ro‘yxatga olingan.

Tekshiruvdan o‘tganlarning to‘rt nafari hibsga olingan. Ular orasida O‘zbekiston va Rossiya fuqarolari ham bor. “Ular odam o‘ldirishga suiqasd, ekstremistik jinoyatlar (Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga o‘tkazilgan), bezorilik, hujjatlarni qalbakilashtirish jinoyatlari uchun qidiruvga berilgan”, — deyiladi xabarda.

@Uzbekiston24
13.4K views03:05
Ochish/sharhlash