Get Mystery Box with random crypto!

Britaniya harbiy razvedkasi kundalik hisobotida aytilishicha, | O‘zbekiston 24

Britaniya harbiy razvedkasi kundalik hisobotida aytilishicha, Rossiya armiyasi Ukrainaning energetika infratuzilmasini buzishga qaratilgan kelishilgan kampaniyani boshlagan ko‘rinadi.

Gap 7-dekabrga o‘tar kechasi Kiyev va Ukrainaning markaziy qismiga uyushtirilgan hujumlar haqida ketmoqda, bu vaqtda Rossiya og‘ir bombardimonchi samolyotlardan foydalangan.

Hammasi bo'lib kamida 16 ta havodan uchiriladigan qanotli raketalar uchirilgan. Bu katta ehtimol bilan AS-23a KODIAK raketalari bo'lgan va Rossiya qishki kampaniyada foydalanish uchun bu raketalarni deyarli zaxiraga qo'ygan, deb hisoblaydi britaniyalik harbiy tahlilchilar.

Raketalarning aksariyati Ukraina havo mudofaasi tomonidan muvaffaqiyatli tutib olindi, deyiladi hisobotda.

@Uzbekiston24