Get Mystery Box with random crypto!

Viza uchun KDB bank spravkasi talab etilmaydigan universitetla | Uzbek students in Korea

Viza uchun KDB bank spravkasi talab etilmaydigan universitetlar haqidagi reklamalar ko'paygan. Bularning barchasi yolg'on ma'lumot hisoblanadi.

Hozirda Koreyada barcha universitetlarga viza olish uchun KDB bank ma'lumotnomasi majburiy talab etiladi. Telex va nelegallar 1% dan kam bo'lgan 우수인증제 universitetlariga kirganlar ham birdek KDB bank ma'lumotnomasini taqdim etishlari shart.

Bakalavr va magistr uchun 20,000$ (kamida 1 oy). Demak bakalavr va magistrga topshirmochi bo'lganlar, uzog'i bilan iyun oyi oxirigacha bankka pul qo'yishlari kerak. Shunda avgust oyida vizaga topshirguncha pul qo'yilganiga 1 oydan oshadi.

Til kurslari uchun 10,000$ (kamida 3oy). Til kursiga sentabrda kelmoqchi bo'lganlar uzog'i bilan May oyi boshida bankka pul qo'yishlari kerak. Shunda avgustda vizaga topshirguncha 3 oy o'tgan bo'ladi.

-- Bundan tashqari viza olishda ota-onasining rasmiy ish joyidan olgan ma'lumotnoma (mehnat.uz yoki gov.uz saytidan olingan mehnat daftarchasining ko'chirmasi bo'lishi kerak)
-- Ota-onasining oylik darmoadlari yoki mol-mulki haqidagi ma'lumotlar ham elchixona tomonidan so'raladi.

Bu haqda elchixona saytida ham rasman yozib qo'yilgan.
Shuning uchun o'qishga topshirmoqchi bo'lganlar ishni bankka pul qo'yishdan boshlashlari kerak.

@uzbek_students_korea