Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbek 은혜 bilan

Telegram kanalining logotibi uzbek_eunhee — O‘zbek 은혜 bilan O
Telegram kanalining logotibi uzbek_eunhee — O‘zbek 은혜 bilan
Kanal manzili: @uzbek_eunhee
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.08K
Kanalning ta’rifi

👩🏻‍O‘zbek 은혜ning blog-kanali~
어디서든
어떻게든
행복할 것
은구야~ 행복하자~ ♡
#Birinchi dars 👉 https://t.me/Uzbek_EunHee/16
TOPIK uchun: @I_can_get_TOPIK6
YouTube:https://youtu.be/5fcSf85JAp0
Instagram: http://Instagram.com/uzbek_eunhee

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-08-20 11:55:36
Xulosa o’zingizdan)

More than friends
@Uzbek_EunHee
968 viewsedited  08:55
Ochish/sharhlash
2022-08-18 12:40:44
Koreyaga kelganimga yaqinda bir yil bo’ladi. Lekin haligacha sayyohlarga o’xshab hamma narsani tomosha qilib yuraman ~

서울역, Seul.
2022.08.12

@Uzbek_EunHee
1.1K views09:40
Ochish/sharhlash
2022-08-18 12:34:46 Biz nima haqida juda ko'p gapirsak, o'sha narsaning bizda yo'qligini his qilyapman. Masalan, biz mo'min qobil xalqmiz, deymiz. Unday emas. Biz o'ta agressiv xalqmiz. Maktablarga qarang. Hozir bormi bilmayman, lekin bizda sheflik tizimi bor edi. Sinfning birinchi…
987 views09:34
Ochish/sharhlash
2022-08-18 12:33:53 Biz nima haqida juda ko'p gapirsak, o'sha narsaning bizda yo'qligini his qilyapman.

Masalan, biz mo'min qobil xalqmiz, deymiz. Unday emas. Biz o'ta agressiv xalqmiz.
Maktablarga qarang. Hozir bormi bilmayman, lekin bizda sheflik tizimi bor edi. Sinfning birinchi shefi eng kuchlisi bo'lardi. Kuch esa yovvoyilik belgisi. Maktab bolalari bir-birlari bilan urushishga shu qadar tashna ediki...
Kollejda esa Enamqochdi qishlog'idagi bolalar Otamquvdi qishlog'idagi bolalar bilan mushtlashishardi. Sabab esa shunchaki sening boshqa qishloqdan ekanliging. Bolalarning ko'zida o'ta dahshatli, yovvoyi bir hirs, agressiyani ko'rardim.
Keyinchalik bu agressiya bahslardagi ochiqdan ochiq tajovvuzlarga aylandi. Biz kundalik bahslarda bir-birimizni gap bilan "yedirishni" shu qadar istaymizki, natijada bahs mavzusi qolib, darrov shaxsiyatga o'tamiz. Bir-birimizni qabullolmaymiz. Bularning bari biz g'or madaniyati bilan ulg'ayganimizdan dalolat.
Dastlab, oilamizda farzand sifatida ota-onamiz bizning fikrlarimizni bir tiyinga olmagani uchun zaruriy hurmatni maktabda ko'rmoqchi bo'lamiz. To'g'rida, dadamiz bizni tinglamaydi. Demak, maktabda bir bolani urib, uni meni tinglashga majbur qilishim kerak. Keyinchalik bu oilada ko'rmagan hurmatimizni jamiyatdan izlashga tushamiz. Hurmat va e'tiborga, eshitilishga bo'lgan tug'ma ochlik bostirilgani sari agressiyaga aylanadi va biz atrofimizdagilarga zaharimizni sochmoqchi bo'lamiz.
Bugun diniy bahslarga bir qarang. Oilasi tomonidan bir burchakka lattadek otilgan yuzlab bechoralar alamini qarshisidagi odamdan olmoqchi bo'ladi. İmkon berilsayu shuni g'ajib tashlasa.
Bundan tashqari, davlat tomonidan eshitilmaslik mensilmaslik ham bizda xo'rlanganlik kompleksini yaratadi.
Agar qarshingizda har bir qanday yangi qarashga qarshi, o'zinikini o'tkazishga uringan, sizning fikringizni yerga urib, rohatlanayotgan bir tip ko'rsangiz, unga achining. U oilasi tomonidan eshitilmagan, borligini isbotlolmagan, shaxsiyatini tamomlolmagan majruh, xolos. Buni o'zi ham biladi. Majruhligini o'zidan ham yashirish uchun, qara, mening ham fikrim bor va u to'g'ri, deyish uchun sizni kamsitmoqchi bo'lyapti.
Xulosa o'laroq, bolalaringizni tinglang. Ularning fikriga hurmat bilan yondoshing. Shunda u madaniyatli shaxs bo'lib yetishadi.

Mirzohid

@bobil_kutubxonasi
936 views09:33
Ochish/sharhlash
2022-08-16 22:31:43
#Bu_qiziq
Koreyada avtobusga chiqish uchun navbatga turiladi~

@Uzbek_EunHee
1.1K views19:31
Ochish/sharhlash
2022-08-16 19:33:57
#Bu_qiziq
Koreyada shunday o‘yin xona(?)larni ko‘plab uchratishingiz mumkin. Bizda odatda ko‘ngilochar bog‘larda bo‘ladi, Koreyada esa aholi zich mavzelardan ham osongina topasiz~

P.S: Bir-ikki marta o‘ynab ko‘rganman, biror marta ham omadim kelmagan.

@Uzbek_EunHee
1.1K views16:33
Ochish/sharhlash